Grafik dizayner haqida ma'lumot.
Bugun siz uchun yana bir internet kasb haqida ma’lumot berishga harakat qilaman. Umid qilamanki ushbu mavzuga qiziqasiz, chunki, xozirda o’zim ham shu mutaxasislik bo’yicha izlanishlar olib borayapman. O’qish jarayonida orttirgan tajribam va xulosalarim haqida siz bilan bo’lishaman.
Ha, aytgancha, kasbning nomi “Grafik dizayner”. Grafik dizaynerlik kasbi haqida birinchi eshitib turgan bo’lsangiz, sizda grafik dizayner o’zi kim ekan, u nima ish qilar ekan, degan savol tug’ilishi tabiiy, albatta. Uning kim ekanligini bilmaydiganlar bordir, ammo ushbu mutaxassisning qilgan mexnat maxsulini siz erta tongdan boshlab, to uyquga ketguningizcha ko’rasiz.
Grafik dizayner atrof-muhitni grafik vositalari bilan bezash bilan shug’ullanadi. Bu kasb chizmachilik, rassomchilik va informatika faniga qiziqqanlar uchun to’g’ri keladi. Grafik dizaynerlar, albatta, dizayn bilan shug'ullanadi, ammo to'qimachilik dizayni, na me'moriy dizayn ularning vazifalariga kirmaydi. Ularning faoliyat sohasi- kitoblar, gazetalar va jurnallar sahifalari, veb-saytlar va reklama, interaktiv kompyuter dasturlaridir.
Bu kasb egalari, shriftlarni, jurnal sahifalarining tartibini, reklama modullarini ishlab chiqadi, rasmlarni, kollajlarni qiladi, vitrinalarni yaratadi. Tabiiyki, dizaynerning kompyuter savodxonligi darajasi o'rtacha foydalanuvchi darajasidan ancha yuqori bo’lishi kerak.
Dizayner-rassom. Biroq, rassom va «kompyuterchi» o'rtasida sezilarli aloqalar mavjud: bosma materiallar, reklama mahsulotlari bilan bog'liq dizayn yechimlari muayyan dasturiy ta'minot yordamida yaratilgan bo’ladi.
- Kitoblar, jurnallar, gazetalar, bukletlar va boshqa bosma mahsulotlarning maketlari ustida ishlaydi.
- Yodgorlik mahsulotlarini ishlab chiqaradi.
- Qadoqlash materiallari dizayni bilan shug'ullanadi.
- Turli xil mahsulotlarni yaratadi: shriftlar, logotiplar, ramzlar, savdo belgilari va boshqalar.
Statistik maʼlumotlarga qaraganda, jamiyatimizda grafik dizaynerning oʻrtacha maoshi 4 000 000 - 9000 000 soʻmni tashkil qilar ekan. Ishonish qiyin-a? Eng qizigʻi esa, grafik dizayn yoʻnalishini professionallik darajasida oʻrganish uchun 9-12 yil kerak emas, haftasiga 10-12 soatdan ajrata olsangiz kifoya.
Grafik dizaynerlarning ish tartibi esa faqat oʻziga bogʻliq. Qancha ish qila olishiga qarab, grafik dizayner sizga oʻz ish tartibini aytadi va freelance (boʻsh ish tartibiga ega, oʻzi uchun ishlaydigan ishchi) boʻlib yoki toʻliq ish tartibida faoliyat yuritaveradi.Bu esa, sizda rivojlanish uchun katta imkoniyat bor degani
To'rt oylik qizg'in tayyorgarlik sizni grafik dizayndagi birinchi qadamingizni qo'yishga imkon beradi!
Kurs davomida siz asosiy tarkibiy qismlar va grafik dizayn asoslari, kompozitsiyalar asoslari, Adobe Photoshop, Adobe Illustrator, Corel Draw dasturlari bilan tanishishingiz mumkin.Najot Ta'lim o'quv markazi "Grafik dizayn" kurslariga taklif etadi.
Sevimli ishga shoʻngʻib professional ish uchun zarur malakaga sekin-asta ega boʻlib borasiz. Siz kabi insonlar odatda moda olami, reklama, dizayni, restoran biznesi yoki Internet biznesi bilan bogʻliq.
Misol uchun bir necha yil avval Internet nimaligini bilmasdik. Endi esa bu tarmoq sekin-asta hayotimizning bir qismiga aylanib bormoqda. Futurist olimlar fikriga koʻra oldinda bizni qiziq narsalar kutib turibdi.
Ushbu kurs:
Dizayn olamida ishlashga qaror qilganlar, lekin qayerdan boshlashni bilmayotkanlar uchun.
Shablonlar, rangli bo'yoq va kompozitsiyalarda o'z bilimlarini oshirishni istagan boshlang'ich dizaynerlar uchun.
Bir xillikdan charchagan va yangi narsalar yaratmoqchi bo'lgan boshqa mutaxassislik egalari uchun.