Yakka tartibdagi tadbirkor, Xususiy korxona yoki Oilaviy korxonani davlat ro'yxatidan o'tkazish
Yakka tartibdagi tadbirkor (YaTT) – kichik tadbirkorlik subyekti hisoblanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkor tadbirkorlik faoliyati bilan yuridik shaxs tashkil etmagan holda shug'ullanadi, ya'ni, yakka tartibdagi tadbirkorning alohida tashkiloti mavjud bo'lmaydi.
Xususiy korxona – mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot. Xususiy korxona mulkdori korxonaning mol-mulki yetarli bo'lmagan taqdirda xususiy korxonaning majburiyatlari bo'yicha o'ziga qarashli mol-mulk bilan qonun hujjatlariga muvofiq subsidiar javobgar bo'ladi, ya'ni kreditorlarga qarzni uzish uchun korxona balansida yetarli mablag' bo'lmaganda, undiruv korxona muassisi (egasi)ning mol-mulkiga qaratiladi. Shu jihati bilan xususiy korxona Mas'uliyati cheklangan jamiyatdan farqlanadi. (Mas'uliyati cheklangan jamiyatda undiruv faqat jamiyat mol-mulkiga qaratiladi, ya'ni jamiyat muassisi mol-mulkiga undiruv qaratilmaydi.)
Oilaviy korxona – Yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakli oilaviy korxona hisoblanadi. Oilaviy korxona ishtirokchilari va yollanma ishchilarning umumiy soni qonunchilik bilan o'rnatilgan, kichik tadbirkorlik subyektlari xodimlarining o'rtacha yillik sonidan ortishi mumkin emas. Oilaviy korxona ishtirokchilarining minimal soni 2 nafardan kam bo‘lmasligi kerak.
Yakka tartibdagi tadbirkor, Xususiy korxona yoki Oilaviy korxonani davlat ro'yxatidan o'tkazish miqdori (Davlat boji: bazaviy xisoblash miqdorining 1 barobari yoki eng kam oylik ish haqining 1 barobari miqdorigacha bo'lishi mumkin. Xizmat haqqi esa: 200 000 so'm)