Yangiliklar, bloglar yoki maqolalar veb saytini ishlab chiqish
Yangiliklar - bu hozirda sodir bo'lgan yoki amalga oshirilayotgan voqea yoki hodisalalr haqida ma'lumot. Bu juda ko'p turli xil ommaviy axborot vositalari orqali shakllantirilishi va ta'minlanishi mumkin, masalan: og'zaki so'z, bosma nashr, pochta tizimlari, radioeshittirish, elektron aloqa yoki kuzatuvchilar va voqealar guvohlarining koʻrsatmalari orqali taqdim etiladi. Shuni ham, aytib o'tish lozimki, yangilik ba'zan yumshoq ommaviy axborot vositalaridan farqlash maqsadida "qattiq xabar" deb ataladi.
Bloger so'zi ingliz tilidan kelib chiqqan bo'lib, "blog - ya'ni veb sayt yoki sahifa yurituvchisi" ma'nosini anglatadi. Birinchi bloger sifatida Tim Berners Li tilga olinadi, u 1992 yildan boshlab yangiliklarni Internet orqali yoritib borish bilan shug'ullangan. Bloglar 1996 yildan boshlab mashhur bo'lishni boshlagan. 1999 yilda Pyra Labs kompyter kompaniyasi blog xizmatlarini bepul taqdim etuvchi Blogger.com saytini ishga tushiradi va blogerlikni yanada keng tarqalishiga imkon yaratadi. Hozirgi kunda bloglarning ajralib turadigan jihati shundaki, ularga ma'lumot qo'shish, o'zgartirish juda sodda tarzda amalga oshiriladi.
Maqola (arab tilidan olingan) - publitsistik janr. Maqolada ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinib, nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtiriladi, davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuq, ilg'or ish tajribalari ommalashtiriladi, xalq xo'jaligidagi nuqsonlar tanqid qilinadi. Matbuotda bosh maqola, nazariy va targ'ibot maqola, muammoli maqola keng qo'llanadi.
Yangiliklar, bloglar yoki maqolalar veb saytini ishlab chiqish miqdori (300 000 so'mdan boshlanib - 5 000 000 so'mgacha bo'lgan narxlar)
Yangiliklar, bloglar yoki maqolalar veb sayti quyidagi maqsadlar uchun javob beradi:
Umumiy veb sayt uchun qilinadigan harajatlar:
Nomi | Muddati (hajmi) | Narxi |
---|---|---|
Domen (uz, ru, com, net, org, kz, biz, info, me, site, tv va boshqalar) | 1-yildan 10-yilgacha | 50 000 so'mdan - 500 000 so'mgacha (yillik) |
Hosting (cheklangan va cheklanmagan) | 1 GBdan - 1 TBgacha | 50 000 so'mdan - 500 000 so'mgacha (oylik) |
Server (cheklangan va cheklanmagan) | 10 GBdan - 100 TBgacha (oylik) | 300 000 so'mdan - 5 000 000 so'mgacha (oylik) |
SSL sertifikat | 1-yildan 10-yilgacha | Bepul va 1 000 000 so'mgacha (yillik) |
Moslashuvchan va noyob dizayn | Cheksiz | 300 000 so'mdan - 2 000 000 so'mgacha |
Telegramdan xabarlarni qabul qilish | Cheksiz | 100 000 so'mdan - 500 000 so'mgacha |
Korporativ elektron pochta | Cheksiz | 100 000 so'mdan - 500 000 so'mgacha |
Xodimlarni o'qitish (veb sayt boshqaruvini o'rgatish) | 3-kun davomida | 200 000 so'mdan - 800 000 so'mgacha |
SEO optimallashtirish | 1-oydan 1-yilgacha | 500 000 so'mdan - 10 000 000 so'mgacha |
Ko'p tillik (uz/ru/en) | Cheksiz | 300 000 so'mdan - 1 000 000 so'mgacha |
Modullar yoki funksionallik | Cheksiz | 100 000 so'mdan - 2 000 000 so'mgacha |
Google va Yandexdan ro'yxatdan o'tkazish | Cheksiz | 300 000 so'mdan - 500 000 so'mgacha |
Click va Payme to'lov tizimlarini o'rnatish | Cheksiz | 1 000 000 so'mdan - 3 000 000 so'mgacha |
Mukammal boshqaruv paneli (admin) | Cheksiz | 500 000 so'mdan - 1 000 000 so'mgacha |
355-sonli qaror asosida tayyorlash | Cheksiz | Belgilangan tartib asosida narxlanadi |
Yil davomida texnik qo'llab-quvvatlash | 1-oydan 1-yilgacha | Belgilangan tartib asosida narxlanadi |