Avtotransport vositalarini qayta jihozlash ruxsatnomasini olish
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan, avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini o'zgartirish bilan bog'liq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnomani taqdim etish va avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq raqamlangan agregatni (dvigatel, shassi, kuzov, rama) ayni shu marka va modeldagi avtomototransport vositasiniki bilan almashtirish yoki tayyorlovchi tashkilotlarning foydalanishga oid hujjatlarida nazarda tutilgan avtomototransport vositasining boshqa qismini (qismlarini) almashtirish avtomototransport vositasini qayta jihozlash hisoblanmaydi.
Avtotransport vositalarini qayta jihozlash ruxsatnomasini olish miqdori (Davlat boji: bazaviy xisoblash miqdorining 1 barobari miqdorigacha bo'lishi mumkin. Xizmat haqqi esa: 150 000 so'm)