Grafik dizayn o‘rganishni boshlashdagi xatolikar.
Tekin albatta yaxshi narsa. Lekin tekinxo‘rlik yaxshimas. Tekin narsani olishni o‘ylashni o‘zi xato narsa. Bu yerda qanday fikrlash muhim. Tekin darsliklardan foydalanishning o‘ziga hos yutug‘i bor, albatta. Lekin hammasini bir boshdan boshlaymiz:
Tekin darsliklardan o‘rganish degani bu professional dizaynerlar tomonidan yoziladigan va yutubga qo‘yiladigan videodarsliklar, audiopodkastlardan foydalanib o‘rganish. Bunday darsliklardan o‘rganishning birgina yutuq tomoni bu uning tekin manba ekanida. Professional darajaga chiqish uchun ularning beradigan bilimi kamlik qiladi. Chunki bunday darsliklarni professional dizaynerlar qanday ishlashini amaliyotda ko‘rsatib beradi. Lekin nima uchun bunday qilganligi haqida savollarga esa javob bermaydi. Aynan shu yerda juda katta bo‘shliq paydo bo‘ladi. Birinchi sinf o‘quvchisiga bugun qo‘shish ayirishni, ertaga esa tenglamalarni, uchinchi kuni esa logorifmlardan dars o‘tsak, to‘rtinchi kuni esa undan qo‘shish ayirishni so‘rasak, javob berolmasliga biz hayron qolmasligimiz kerak. Chunki har bitta o‘rganiladigan narsada bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan holat bo‘ladi. Tekin darsliklarda esa bu narsa tuzilmagan bo‘ladi.
Bir narsani hisobga oling, tekin dars beruvchilar allaqachon professional darajada ishlayotgan ham bo‘ladi bu sohada. Ular qilayotgan amallari, boshlovchilarga emas, aynan shu sohada 2–3 yil tajribaga ega dizaynerlarga mos keladi aksari holatda. Shu narsaga aldanmaslik kerak. Yutubdagi videolarni ko‘rib qaytarib qilolmasa, odam o‘zidan ko‘ngli qolib, bu sohani yarim yo‘lda qoldirib ham ketishi mumkin. Bu yerda boshlang‘ich va professional darajaga ham qarash kerak. O‘rganuvchining darajasi boshlang‘ich bo‘lsa aynan boshlang‘ich darslarni o‘rganish lozim.
Men hali ishlash imkoniga egamasman, chunki hali dizayner emasmanku, tekin olma, deb maslahat berish oson, ishga kirmaguncha mablag‘ bo‘lmasa, qayerdan o‘rganaman unda, degan tipik savol, lekin muhim savolga javob topishga harakat qilamiz.
Bizda hozir internet va pdf kitoblar o‘qish uchun hamma sharoit mavjud. Qog‘ozli kitoblar qimmatlik qilsa, pdf o‘qish mumkin. Pdf kitoblar arzon sotiladi.
Sotuvdagi mahsulot eng avvalo muallifning mahsuloti hisoblanadi. Unga ter to‘kib mehnat qilgan, vaqt sarflagan. Biz birovning uyiga kirib, uyidagi narsalarini indamasdan egasini roziligisiz ko‘tarib chiqib ketishga haqqimiz bo‘lmaganidek, muallif sotuvga deb chiqargan mahsulotni o‘g‘rincha yo‘llar bilan olishga ham shunaqa haqqimiz yo‘q.
Agar biz xar ikki xaftada choyxonaga borib 100–200 ming tashlab kelmasak, oyiga 200–400 ming xarajatni choyxonaga emas, o‘zimizning bilimimizga investitsiya qilsak, hozirgi xolatdan ko‘ra yaxshiroq natijaga erishamiz. Yoshlikda yangi texnologiyalarga qiziqish odatiy xol. Yangi telefonlarga $300–$1000 sarflab yuborish ham mumkin. Lekin dizaynerlar uchun hatto $1200 turadigan telefon ham unga pul keltirmaydi, agar siz telefonda sotuvchi agent vazifani bajarmasangiz. Mablag‘ni bilimga sarflasangiz, kelajakda yaxshiroq maosh keltirishi turgan gap. Unda xohlagan narxda xohlagancha telefonlar olish mumkin. Hech qanday bilimsiz esa bir dona telefon bilan bir umrga qolish hech gap emas.
Quyida osonroq va qiyinchilik kamroq bo‘lgan maslahat berilgan. Lekin bu degani, mablag‘ yetarlik bo‘lib turib ham shu ishni qilish kerak, degani emas. Bu faqat tepadagi savollarga javob sifatida keltirilgan.
Xulosa: Tekin darsliklar professional bilim uchun yetarli emas. Imkon qadar sifatli va pullik bilimga intilish muhim. Mablag‘larni o‘z bilimimiz uchun sarflashimiz bizga kelajakda kattaroq bilim va mablag‘larni keltiradi.