Bizning manzil Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani, Beruniy mahallasi.
Sirdaryo viloyati
Boyovut tumani, Beruniy MFY
Qo'ng'iroq uchun:
Bizning telefon raqamimiz + 99 894 588-56-56 + 99 894 588-56-56
yoqubov.uz

Bloglar (Maqolalar)

Yoqubov.Uz - Innovatsion xizmatlar markazi tomonidan tayyorlab chiqilgan bloglarni o'qib ko'rishingiz mumkin.

Veb saytlar haqida bloglar
Veb saytlar haqida bloglar
Jami 34-dan oshiq ma'lumot joylangan.
Telegram botlar haqida bloglar
Telegram botlar haqida bloglar
Jami 3-dan oshiq ma'lumot joylangan.
SMM haqida bloglar
SMM haqida bloglar
Jami 9-dan oshiq ma'lumot joylangan.
SEO haqida bloglar
SEO haqida bloglar
Jami 43-dan oshiq ma'lumot joylangan.
Grafika va Guvohnoma haqida bloglar
Grafika va Guvohnoma haqida bloglar
Jami 4-dan oshiq ma'lumot joylangan.
Dasturlash haqida bloglar
Dasturlash haqida bloglar
Jami 3-dan oshiq ma'lumot joylangan.

CMS nima va nima uchun kerak ?

Bo'limi
Veb saytlar, Веб сайтлар, Веб-сайты, Websites
Buyurtma berish

CMS – bu Content Management System dan olingan kengaytma, u  so’zma-so’z tarjima qilinganda “Sayt kontentini Boshqarish  tizimi” yoki “Saytni Boshqarish Tizimi” larni anglatadi. Ba’zida CMS ni saytning “Harakatlantiruvchisi” deb atashadi.

CMS – bu dinamik ma’lumotli  web-sahifalarni  ishlab chiqarish va ta’minlashga  imkon beruvchi dasturiy ta’minotdir. Har xil CMS har xil murakkablikdagi  saytlarni proyektlashga  imkon beradi. Internet magazinlardan to informasion  portallargacha, Hammasidan ham, CMS axborotli  va kontentli saytlarni yaratish uchun mos keladi.

CMS (inglizcha “Content Management System” ) – sayt boshqaruv tizimi. Bu saytni tez yaratish , Bitrix Wordress Joomla… (Saytni Boshqarish Tizimi) ishini soddalashtirish uchun hizmat qiladi. Ko`pchilik buni “motor” yoki “sayt yuragi” deb ataydi. CMS bu oddiy qilib aytilganda – sayt ochishni va saytni tahrirlash, ma`lumotlar kiritishni yengillashtiruvchi yaxlit bir sistema ya`ni web dastur. Bu dastur php, html, mysql dasturlash tillarini to`liq bilmasdan turib sayt ochish imkon beradi.

  1. Saytni boshqarish tizimi buyurtmachiga saytni mustaqil expluatatsiya qilishda, ya’ni bizning  mutaxassis  bilan emas, balki o’zingizning kompaniya xizmatchingiz (menedjer, kotib,  marketolog) bilan saytdagi ixtiyoriy  ma’lumotni va uning strukturasini  o’zgartirishingizga imkon beradi. Agar siz saytingiz marketingli uskuna va undagi har kungi ma’lumotida kompaniyangizning  oxirgi  marketingli aksiyalari aks etishini xoxlasangiz u holda CMS ni sizning saytingizga qo’llanilishi shart: va yana. Bu – saytingizni  rivojlantirish yoki modernizatsiyalash ishlarida o’ylanmay qilingan harakatlar yoki shunchaki xatolardan asraydi.
  2. Saytni boshqarish tizimi yordamida saytni rivojlanishi sezilarli soddalashadi va jonlanadi. Saytda yangi bo’lim yaratish, ixtiyoriy sahifada reklama bloklarini, ichki bannerlarni yoki tovarlarning maxsus takliflarini  joylashtirishni  buyurtlachi mustaqil va daqiqalar bilan o’lchanadigan vaqt mobaynida bajarishi mumkin. Bundan tashqari, Buyurtmachi mustaqil , bizning yordamimizsiz, CMS yordamida saytni yangi  interfaol bo’limlarini  yaratishi ( masalan, forum) yoki u yoki bu sahifalarni parol bilan yopib va ularga faqat tanlangan foydalanuvchilargagina kirishga imkon berish mumkin.
  3. Bizning saytni boshqarish tizimimiz (CMS, Bitrix) sizning saytingiz asosida yotuvchi bo’lgan, boshqa proyektarda ko’p marotaba o’rnatilgani (3500 martadan ko’proq), uchun  u Saytingizni uni exspluatatsiya qilish jarayonida dasturiy  xatolardan asrashiga kafolat beradi.

CMS ning ikkita asosiy  turi bor:

  1. Internetda ishlovchi  va  joylashuvchi  CMS.
  2. Kompyuterga o’rnatilgan va sayt bilan avtomatik yoki fayllarni yangilash interfeysi orqali ulangan cms.

CMS ning sayt bilan integratsiyasidan keyin , kompaniyangizning  xizmatchisi sayt tarkibi va strukturasini  boshqarishlari, yangiliklarni chop qilishlari, matnlarni tahrir qilishlari  va grafikani joylashtirishlari , katalogdagi mahsulotni  uzgartirishlari va mahsulotlarni  qo’shishlari  yangi sahifalarni , bo’limlarni yaratishlari va ko’pgina boshqa ishlarni bajarishlari mumkin. CMS asosida qurilgan dinamik saytlarning ustunligi dizaynning  axborotli to’ldirishdan ajratilganida bu xujjat aylanmasini, biznes jarayonlarni  shaxsiylashtirish maxanizmlarini  avtomatlashtirishga imkon beradi. Bundan tashqari, CMS sayt tarkibini oson, sodda va tez boshqarishga imkon beradi. Bu CMS dan foydalanishning iqtisodiy foydasi sezilarli darajada bo’lishini ta’minlaydi.

CMS ning maqsad va vazifalari – mijoz tomonidan ma’lumot va grafikalarni  bsohqarish, to’ldirish va tahrir qilish. Soddaroq qilib aytganda, bu tizim – sizga bo’limlarni o’zgartirish  va to’ldirish, sayt tarkibini tahrir qilish, sayt grafika va dizaynini o’zgartirishga  imkon beradi. CMS siz bunday saytni boshqarish masalalari qimmat turuvchi dasturchilar aralashishmasa hal qilinmaydi.

CMS sayt kontentni boshqarish tizimi saytlarni yaratish  va ta’minlash narxini pasaytiradi, shuningdek materiallarni yangilash tezligini oshiradi, ya’ni sayt xo’jaynida material paydo bo’lganidan  to saytda chop etilganigacha ketgan vaqt  CMS ni sharofati bilan minimal bo’ladi. Buning ustiga CMS da ma’lumotlarni  hop etishga tayyorlash jarayoni juda ham oddiy. CMS kontenti boshqarish tizimining shubhasiz ijobiy tomoni shundaki,  saytni boshqarish va taminlash narxi  pasayadi. Bu dasturchi oylik maoshiga hujjatlarni izlashga ikkilanish va hatoliklarni oldini olishga ketgan yoqotishlarning pasayishi, sheriklar va mijozlar bilan bog’lanish  tezligining ortishi … hisobiga yuz beradi. Sizga loyihani ta’minlash va rivojlantirish uchun mutaxassis yollashingizga to’g’ri kelmaydi.
CMS yordamida siz saytga joylashtirilgan ma’lumotlarning  hajmi sayt narxiga ta’sir qilmasligiga guvoh bo’lasiz. CMS kontentni boshqarish tizimi sizga saytda ihtiyoriy hajmdagi ma’lumotlarni joylashtirishga imkon beradi.
Odatda CMS ga asoslangan sayt sahifalari butunligicha saqlanmaydi, balki ularga murojat qilishda juda tez shakllanadi, bu sahifalarni yuklashdagi tezlikni oshirishga imkon beradi, chunki sahifa shabloni (dizaynerlik rasmiylashtirish) faqat bir marta yuklanadi va keyinchalik har bir yangi sahifa so’rovida foydalanuvchi kompyuteridan ochilaveradi.

Saytni boshqarish tizimida odatda keshlashtirish mexanizmi  amalga oshiriladi, bu qurilmalarga tushadigan yuklamalarni  kamaytirishga imkon beradi va ishlashning va saytning kiritish qobiliyatining tezligi oshishiga imkon beradi. Bu ishlar ma’lumotlar bazasi va static materiallarga so’rov natijalarini saqlash evaziga sodir bo’ladi.
Odatda CMS tizimini saytning kompaniya ishlab chiqaruvchisi o’rnatishini taklif qilishadi. Bu ancha to’g’ri variant chunki tizim avval boshidanoq sizning saytingizga joylashib, moslashib ketadi. Shuningdek, CMS tizimlari qo’shimcha funksiyalarni taklif etadi va oxir oqibat saytda forum, mehmon kitobi, savollar va javoblar va hokazolarni joylashtirishga imkon beradi.

CMS ning tekinlari ham mavjud, ular sayt tarkibini boshqarish uchun yetarlicha katta imkoniyatlarni namoyish qiladi. Tekin CMS lar ko’p foydalanuvchilarga ega, ular tekin kontentni boshqarish tizimi yordamida saytni boshqarish muammolarini hal qilishga yordam beradi. Tekin CMS larga katta miqdordagi kengaytma va qo’shimchalar mavjud, ular saytni boshqarish jarayonini  ancha qulay va funksional  qilishga imkon beradi. Ammo tekin CMS larning salbiy tomoni rasmiy texnik qo’llab quvvatlashning yo’qligi va sayt tarkibini boshqarish tizimida kritik xatolarni to’g’rilash, tezligining paytligidadir.




yoqubov.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish