Joriy yil yakunida mahalliylashtirish dasturi doirasida jami 940,1 milliard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqariladi
Bo'limi
Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news
Buyurtma berish
Joriy yil yakunida mahalliylashtirish dasturi doirasida jami 940,1 milliard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda "O‘zmetkombinat" AJ boshqarma boshlig‘i Doniyor Shodiyev ma’lum qildi.
Bugungi kunda kombinatda Mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarilishi natijasida import hajmi qisqarib bormoqda. Xususan, joriy yil yanvar oyi bo‘yicha mahalliylashtirish dasturi doirasida jami 35,2 milliard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi ta’minlandi va o‘sish sur’ati 74,0 foizni tashkil etdi. Ta’kidlash joizki, kengaytirilgan loyihalar doirasida
A-500 markali armatura 30,5 milliard so‘m qiymatida o‘zlashtirildi va Respublika miqyosida import hajmi 2,5 million dollar miqdorida maqbullashtirildi. Importni qisqartirish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida 2024 yil yanvar oyi bo‘yicha jami
2,8 million dollarlik import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilib, reja prognozga nisbatan 100,0 foizga bajarildi.
Joriy yil I chorak yakuni bo‘yicha mahalliylashtirish dasturi doirasida jami 126,7 milliard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi ta’minlanadi va o‘sish sur’ati 72,1 foizni tashkil etadi. Ta’kidlash joizki, kengaytirilgan loyihalar doirasida A-500 markali armatura 103,2 milliard so‘m qiymatida o‘zlashtiriladi va Respublika miqyosida import hajmi 8,2 million dollar miqdorida maqbullashtiriladi. Importni qisqartirish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida 2024 yil I chorak yakuni bo‘yicha jami 10,0 million dollarlik import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Manba: www.aniq.uz