O‘zbekistonda ishsizlik darajasi kamaydi
Bo'limi
Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news
Buyurtma berish
Mamlakatimizda 2023 yil yakuniga ko‘ra ishsizlik darajasi 6,8 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga kamaydi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
2023 yilning dekabr oyida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti tomonidan respublikamizning 208 ta shahar va tumanida navbatdagi ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi.
Xalqaro mehnat tashkiloti tavsiyalari asosida o‘tkazilgan tadqiqot davomida 1 000 ta o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, 10 000 uy xo‘jaliklari hamda 53 ming 300 nafar fuqaro qamrab olindi.
2024 yilning 1 yanvar holatiga mehnat resurslari soni 19 mln. 724 ming 900 kishini tashkil etib, 2023 yilning shu davriga nisbatan 207 ming 400 kishiga (1,1 foizga) oshgan.
Manba: www.aniq.uz