OPEK+ tomonidan neft qazib olishni qisqartirish ikkinchi chorakkacha uzaytirildi
Bo'limi
Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news
Buyurtma berish
OPEK kotibiyati bir necha OPEK+ davlati (Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti a’zolari va ittifoqchilar)ning 2024 yil ikkinchi chorakda qazib olishni qo‘shimcha ixtiyoriy ravishda kuniga 2,2 million barrelga qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi bayonotini “e’tiborga oldi”.
Qisqartirish OPEK+ vazirlari yig‘ilishida 2023 yil iyunida ma’qullangan kvota asosida joriy qilingan. Ushbu chora OPEK+ mamlakatlari tomonidan o‘tgan yil aprel oyida e’lon qilingan va keyinchalik 2024 yil oxirigacha uzaytirilgan ishlab chiqarishni ixtiyoriy tarzda qisqartirish jarayonini to‘ldiradi, deyilgan OPEK bayonotida.
O‘tgan yil noyabr oyida Saudiya Arabistoni, Rossiya va boshqa OPEK+ tarkibidagi bir qator davlatlar joriy yil birinchi choragida kuniga jami 2,2 million barrelga yaqin neft qazib olishni ixtiyoriy ravishda qisqartirishini e’lon qildi.
Saudiya Energetika vazirligi yakshanba kuni OPEKning amalda yetakchisi sifatida mamlakat tomonidan qazib olinadigan mahsulotni kuniga 1 million barrel qisqartirish chorasini iyun oyi oxirigacha uzaytirishini aytdi. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, ikkinchi chorak yakunida neft qazib olish miqdori kuniga qariyb 9 million barrelni tashkil etadi.
OPEKning yetakchi ittifoqchilaridan biri – Rossiya ham ikkinchi chorakda qazib olish va eksport qilishni ixtiyoriy ravishda 471 ming barrelga qisqartirishini e’lon qildi. Bu birinchi chorakdagi 500 ming barrel ko‘rsatkichdan biroz kamroq.
Boshqa OPEK+ davlatlari, jumladan Iroq, Birlashgan Arab Amirliklari, Kuvayt, Qozog‘iston, Jazoir va Ummon ham qazib olishni ixtiyoriy ravishda qisqartirish muddatini ikkinchi chorakkacha uzaytirdi.
Manba: www.aniq.uz