Bizning manzil Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani, Beruniy mahallasi.
Sirdaryo viloyati
Boyovut tumani, Beruniy MFY
Qo'ng'iroq uchun:
Bizning telefon raqamimiz + 99 894 588-56-56 + 99 894 588-56-56
yoqubov.uz

Yangiliklar (Xabarlar)

Yoqubov.Uz - Innovatsion xizmatlar markazi tomonidan taqdim etilayotgan eng so'ngi yangiliklardan xabardor bo'ling.

O'zbekiston yangiliklari
O'zbekiston yangiliklari
Jami 48-dan oshiq mahsulotlar joylangan.
Dunyo yangiliklari
Dunyo yangiliklari
Jami 1525-dan oshiq mahsulotlar joylangan.
Iqtisodiy yangiliklar
Iqtisodiy yangiliklar
Jami 574-dan oshiq yangilik joylangan.
Siyosiy yangiliklar
Siyosiy yangiliklar
Jami 162-dan oshiq yangilik joylangan.
Fan va IT yangiliklari
Fan va IT yangiliklari
Jami 69-dan oshiq yangilik joylangan.
Sport yangiliklari
Sport yangiliklari
Jami 432-dan oshiq yangilik joylangan.

Suvaysh kanali bo‘ylab yuk tashish narxi to‘qqiz barobar oshdi

Bo'limi
Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news
Buyurtma berish
Qizil dengiz portlariga yo‘l olgan kemalarda bitta konteynerni tashish narxi to‘qqiz barobar oshdi. Bu haqda Suvaysh kanali ma’muriyati rahbari Usama Rabia ma’lum qildi.

"Qizil dengiz portlariga ketayotgan kemalar uchun yuk narxi bir konteyner uchun 6800 dollargacha ko‘tarildi, inqirozdan oldin ular 750 dollar edi", dedi Rabia.

U, shuningdek, bunker yoqilg‘isi va kema sug‘urtasi narxining oshishiga e’tibor qaratdi. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqadagi turli mojarolar tufayli so‘nggi paytlarda Suvaysh kanali orqali dengiz yuklarini tashish hajmi kamaygan, Umid burni orqali esa ortgan.

Yaman Qizil dengiz sohillarining katta qismini nazorat qiluvchi husiylarning harakatlari tufayli bir qator yuk tashish kompaniyalari Qizil dengiz orqali tashishni to‘xtatishga qaror qildi.

Husiylar avvalroq Isroil bilan bog‘liq har qanday kemaga hujum qilish niyatlari haqida ogohlantirib, boshqa davlatlarni o‘z ekipajlarini ulardan chaqirib olishga va dengizda ularga yaqinlashmaslikka chaqirgan.

O‘tgan yili Misrning Suvaysh kanalini ishlatishdan olgan daromadi 10 milliard dollardan oshgan edi. Kanaldan tushadigan moliyaviy daromadlar Misr byudjetining asosiy daromad o‘choqlaridan biri bo‘lib, davlat g‘aznasini dollar bilan to‘ldirishning muhim manbai hisoblanadi. Yuk oqimini ta’minlash va Suvaysh kanalining raqobatbardoshligini oshirish maqsadida Misr hukumati kanalni kengaytirish, u orqali o‘tadigan kemalar hajmini oshirish loyihasini ko‘rib chiqmoqda, dedi Usama Rabia.
Manba: www.aniq.uz



yoqubov.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish