Bizning manzil Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani, Beruniy mahallasi.
Sirdaryo viloyati
Boyovut tumani, Beruniy MFY
Qo'ng'iroq uchun:
Bizning telefon raqamimiz + 99 894 588-56-56 + 99 894 588-56-56
yoqubov.uz

Yangiliklar (Xabarlar)

Yoqubov.Uz - Innovatsion xizmatlar markazi tomonidan taqdim etilayotgan eng so'ngi yangiliklardan xabardor bo'ling.

O'zbekiston yangiliklari
O'zbekiston yangiliklari
Jami 48-dan oshiq mahsulotlar joylangan.
Dunyo yangiliklari
Dunyo yangiliklari
Jami 1525-dan oshiq mahsulotlar joylangan.
Iqtisodiy yangiliklar
Iqtisodiy yangiliklar
Jami 574-dan oshiq yangilik joylangan.
Siyosiy yangiliklar
Siyosiy yangiliklar
Jami 162-dan oshiq yangilik joylangan.
Fan va IT yangiliklari
Fan va IT yangiliklari
Jami 69-dan oshiq yangilik joylangan.
Sport yangiliklari
Sport yangiliklari
Jami 432-dan oshiq yangilik joylangan.

Markaziy bank mikromoliya banklari faoliyatiga ruxsat berishni rejalashtirmoqda

Bo'limi
Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news
Buyurtma berish
Markaziy bank raisi o‘rinbosari Abrorxo‘ja Turdaliyev yaqin orada yangi turdagi kredit tashkilotlari — mikromoliya banklari paydo bo‘lishini ma’lum qildi. Bu haqda u 6 mart kuni «Fitch» reyting agentligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda qayd etdi.

Turdaliyevning aytishicha, regulyator mikromoliya banklarini tashkil etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqmoqda va aprel oyigacha Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi. Mazkur kredit tashkilotlari banklar va mikromoliya kompaniyalari o‘rtasida oraliq bo‘g‘in vazifasini bajaradi.

Markaziy bank raisi o‘rinbosari O‘zbekistonda mikromoliyalash bo‘yicha hududiy banklarni tashkil etish zarurligini ta’kidladi. Mikromoliya tashkilotlari regulyatordan lisenziya olgach, mikromoliya banklariga aylantirilishi mumkin, banklar esa klassik banklarning eng kam ustav kapitali bo‘yicha ortib borayotgan talablarga javob bermasa, mikromoliya banklariga qayta rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

“Agar u [bank] [ustav kapitali hajmiga] minimal talablar kuchga kirgungacha bajarilmasa, u osonlik bilan mikromoliya bankiga aylanishi mumkin, ammo kredit portfeliga nisbatan qo‘shimcha minimal talablar mavjud. Agar u faqat chakana [chakana kreditlash] bilan shug‘ullangan bo‘lsa, biznes uchun ma’lum bir muddatga portfel yaratishi kerak bo‘ladi. Biz bank faqat tadbirkorlik bilan shug‘ullansa, mikrobiznesni qo‘llab-quvvatlasagina unga qulayroq shart-sharoitlarni taqdim etishga rozimiz”, — dedi u.

Turdaliyevning ta’kidlashicha, mikromoliya banklari umumiy kredit portfelining kamida 70%ini biznesni moliyalashtirishga yo‘naltirishlari shart. Endilikda moliya institutlari uchun aholi yoki kichik va o‘rta biznes bilan ishlash qulayroq, mikrobiznes bilan o‘zaro hamkorlik esa individual yondashuvni talab qiladi, bu esa oddiy banklar uchun ular bilan ishlashni qiziqtirmaydi, deya qo‘shimcha qildi rais o‘rinbosari.

Mikromoliya banklari ustav kapitalining eng kam miqdori 50 mlrd so‘m, eng yuqori miqdori esa 500 mlrd so‘m etib belgilanadi.
Manba: www.aniq.uz



yoqubov.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish