Bangkokda olti nafar hindistonlik hayvonot bog‘idagi hayvonlarni noqonuniy olib ketmoqchi bo‘ldi
Bo'limi
Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news
Buyurtma berish
Tailand bojxonachilari mamlakatdan qizil pandalar va boshqa hayvonlarni olib chiqib ketishga uringan olti nafar Hindiston fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda BBC yozgan.
Bojxona xodimlari 87 ta hayvon, jumladan, ilon va to‘tiqushlar topilganini aytdi. Gumonlanuvchilar ushbu “hayvonot bog‘i”ni Bangkokdan Mumbayga uchayotgan samolyotga olib o‘tmoqchi bo‘lgan.
Kontrabandachilar aybdor deb topilsa, 10 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Tailand bojxonachilari savatdagi qizil panda, shuningdek, plastik idishdagi to‘tiqush suratini e’lon qildi.
Jahon qora bozorida sotiladigan hayvonlarning katta qismi Tailand orqali olib o‘tiladi. Ular odatda Xitoy va Vyetnamga jo‘natiladi, ammo so‘nggi yillarda Hindistonga ko‘proq hayvonlar olib kelingan.
Qizil pandalar Xitoy, Hindiston, Nepal, Butan va Myanmaning tog‘li o‘rmonlarida yashaydi. Ovchilarning ko‘pligi va yashash joylarining vayron bo‘lishi tufayli ularning tabiatda omon qolishi tahdid ostida. Hozir ularning soni 10 mingdan kam.
Manba: www.aniq.uz