O‘zbekiston o‘z kriptovalyutasini ishlab chiqaradi
Bo'limi
Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news
Buyurtma berish
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va Tether kompaniyasi O‘zbekistonda kripto-aktivlar va blokcheyn infratuzilmasi sohasida texnologiyalarni rivojlantirish, shuningdek, innovasiyalarni rag‘batlantirish maqsadida o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tomonlar O‘zbekistonda blokcheyn texnologiyasini, stabil tokenlarni va aktivlarni tokenizatsiya qilishni rivojlantirish, shuningdek, mamlakatda iqtisodiy o‘sish va innovasiyalarni rag‘batlantirishda hamkorlik qiladi.
O‘zaro hamkorlik, xususan, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilik bazasini takomillashtirish, CBDC (Central Bank Digital Currency) va aktivlarni tokenizatsiya qilish texnologiyalarini joriy etish, blokcheyn va kripto-aktivlar texnologiyalari sohasida aholining xabardorligi va savodxonligini oshirish maqsadida ta’lim tashabbuslari sohasida hamkorlik qilishga qaratilgan bo‘ladi.
Tether va agentlik respublikaning tegishli idoralari bilan birgalikda tezroq, xavfsizroq va tejamkor tranzaksiyalarni joriy etish maqsadida O‘zbekistonning raqamli valyutasini yaratish bo‘yicha hamkorlik qiladi.
Ma’lumot uchun, Tether stabilkoinlarni chiqarish va ulardan foydalanish hamda raqamli moliya sohasida jahon yetakchilaridan biri hisoblanadi.
Tether (USDT) tokeni Tether kompaniyasi tomonidan 2014 yilda chiqarilgan. Ushbu tokenni ishlab chiqqanlarning asosiy g‘oyasi – bozor ishtirokchilariga kursi AQSh dollari kursiga bog‘langan, ya’ni nisbatan o‘zgaruvchan bo‘lmagan kripto-aktivdan foydalanish imkoniyatini yaratishdir. Ya’ni, bir USDT narxi 1 AQSh dollariga teng (1 USDT = 1 AQSh dollari).
Manba: www.aniq.uz