Bizning manzil Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani, Beruniy mahallasi.
Sirdaryo viloyati
Boyovut tumani, Beruniy MFY
Qo'ng'iroq uchun:
Bizning telefon raqamimiz + 99 894 588-56-56 + 99 894 588-56-56
yoqubov.uz

Yangiliklar (Xabarlar)

Yoqubov.Uz - Innovatsion xizmatlar markazi tomonidan taqdim etilayotgan eng so'ngi yangiliklardan xabardor bo'ling.

O'zbekiston yangiliklari
O'zbekiston yangiliklari
Jami 48-dan oshiq mahsulotlar joylangan.
Dunyo yangiliklari
Dunyo yangiliklari
Jami 1525-dan oshiq mahsulotlar joylangan.
Iqtisodiy yangiliklar
Iqtisodiy yangiliklar
Jami 574-dan oshiq yangilik joylangan.
Siyosiy yangiliklar
Siyosiy yangiliklar
Jami 162-dan oshiq yangilik joylangan.
Fan va IT yangiliklari
Fan va IT yangiliklari
Jami 69-dan oshiq yangilik joylangan.
Sport yangiliklari
Sport yangiliklari
Jami 432-dan oshiq yangilik joylangan.

Yomg‘ir suvlaridan foydalanish tizimini joriy etish bo‘yicha taklif bildirilmoqda

Bo'limi
Iqtisodiy yangiliklar, Иқтисодий янгиликлар, Экономические новости, Economic news
Buyurtma berish
Ma’lumotlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, bugun yer yuzida qariyb 1,1 milliard kishi turli darajadagi suv tanqisligidan aziyat chekmoqda. Global iqlim o‘zgarishi natijasida so‘nggi 50-60 yil davomida birgina Markaziy Osiyoda muzliklar maydoni taxminan 30 foizga qisqargan. Statistikaga ko‘ra, O‘zbekiston «Suv stressi»dan aziyat chekayotgan davlatlar reytingida 164 mamlakat orasida 25-o‘rinni egallagan. Bu «yuqori» darajada suv tanqisligiga uchragan davlatlar qatoridamiz deganidir.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi mana shunday sharoitda mavjud suv manbalaridan, jumladan, qor va yomg‘ir suvlaridan samarali foydalanish eng maqbul yechimlardan biri ekanini bildirmoqda. Shu bois mazkur partiya mamlakatimizda yomg‘ir suvlaridan foydalanish tizimini joriy etish bo‘yicha dastur qabul qilishni taklif etdi.

Yurtimiz bo‘ylab yog‘ingarchilikning o‘rtacha yillik hajmi 186 mm.ni, xususan, adir va tog‘oldi qismlarida 300-550 mm.ni tashkil etadi. Tog‘li hududlarda esa yanada yuqori – 800-900 mm.gacha yetib, 70-90 kungacha yog‘ingarchilik kuzatiladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 kvadrat metr tom sathidan o‘rta hisobda 186 litrga teng yomg‘ir suvini to‘plash mumkin.

Yomg‘ir suvidan foydalanib, bir kishi kuniga o‘rtacha 71 litrgacha ichimlik suvni tejashi mumkin. Hozir, bir kishining kunlik o‘rtacha suv sarfi 130 litrni tashkil etadi. Agar biz hozir toza ichimlik suv sarflayotgan ishlab chiqarish jarayonlari, maishiy, uy-xo‘jaligi, avtomobillarni yuvish kabilar yog‘ingarchilik suvi hisobidan bo‘lsa, mamlakat bo‘yicha sezilarli miqdorda toza ichimlik suv tejaladi, deyiladi ma’lumotlarda.

Misol uchun, Turkiyada 2 ming kvadrat metrdan ortiq ko‘p qavatli uylar hamda yangi qurilayotgan binolarda yomg‘ir suvini yig‘ish tartibi belgilangan. Germaniyada Frankfurt aeroportida yig‘ilgan yomg‘ir suvi aeroportning ko‘kalamzorlashtirilgan hududlarining 60 foizini sug‘orish va texnik suv o‘rnini qoplash imkonini beradi. Avstraliyada esa yomg‘ir suvi shaharlarda 9 foiz, shahardan tashqarida 63 foiz suvga bo‘lgan talabni qondiradi.

Yomg‘ir suvlarini to‘plash odamlarning suvga bo‘lgan munosabatini o‘zgartiradi. Har bir yurtdoshimiz yig‘ilgan suvni tejashga harakat qiladi va bugun millionlab kubometr behuda yo‘qotilayotgan qimmatbaho resurs tejaladi.
Manba: www.aniq.uz



yoqubov.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish