Bizning manzil Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani, Beruniy mahallasi.
Sirdaryo viloyati
Boyovut tumani, Beruniy MFY
Qo'ng'iroq uchun:
Bizning telefon raqamimiz + 99 894 588-56-56 + 99 894 588-56-56
yoqubov.uz

Yangiliklar (Xabarlar)

Yoqubov.Uz - Innovatsion xizmatlar markazi tomonidan taqdim etilayotgan eng so'ngi yangiliklardan xabardor bo'ling.

O'zbekiston yangiliklari
O'zbekiston yangiliklari
Jami 48-dan oshiq mahsulotlar joylangan.
Dunyo yangiliklari
Dunyo yangiliklari
Jami 1525-dan oshiq mahsulotlar joylangan.
Iqtisodiy yangiliklar
Iqtisodiy yangiliklar
Jami 574-dan oshiq yangilik joylangan.
Siyosiy yangiliklar
Siyosiy yangiliklar
Jami 162-dan oshiq yangilik joylangan.
Fan va IT yangiliklari
Fan va IT yangiliklari
Jami 69-dan oshiq yangilik joylangan.
Sport yangiliklari
Sport yangiliklari
Jami 432-dan oshiq yangilik joylangan.

Ekologik jinoyatlar uchun barcha YEI mamlakatlarida shaxslar 10 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinadi

Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Evroparlament (EP) 27 fevral, seshanba kuni Yevropa Ittifoqining ekologik jinoyatlarga qarshi kurash bo‘yicha yangilangan direktivasini ko‘pchilik ovoz bilan ma’qulladi. YEP saytida xabar qilinganidek, Yevroparlamentning 499 deputati hujjat uchun ovoz berdi, 100 nafari qarshi chiqdi, yana 23 nafari esa betaraf qoldi.

Hujjatda atrof-muhitga qarshi jinoyatlar ro‘yxatini kengaytirish va ularga nisbatan jazo choralarini kuchaytirish nazarda tutilgan. Jiddiy ekologik huquqbuzarliklar qatoriga o‘rmonlarni noqonuniy kesish natijasida olingan yog‘ochning noqonuniy muomalasi, atrof-muhitga zararli mashina qismlarini noqonuniy utilizasiya qilish, zararli kimyoviy moddalarni ishlatish va yo‘q qilish qoidalarini buzish kiradi.

Yangi direktiva Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalida chop etilgandan keyin kuchga kiradi. A’zo davlatlar buni milliy qonunchiligida mustahkamlab qo‘yishi uchun ikki yil vaqt beriladi.

Jismoniy shaxslar va kompaniyalar tomonidan sodir etilgan ekologik jinoyatlar yetkazilgan zararning uzoq davom etishi, og‘irligi yoki qaytarilishiga qarab sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‘limga olib keladigan qasddan ekologik jinoyatlar uchun barcha Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida shaxslar 10 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinadi.

Atrof-muhitga qarshi jiddiy jinoyatlar uchun kompaniyalar global yillik aylanmasining 5 foizigacha jarimaga tortiladi yoki 40 million yevrogacha to‘laydi.


Manba: www.aniq.uz



yoqubov.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish