Gurbanguli Berdimuhamedov Tolibonlar bilan uchrashdi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
“Tolibon” Tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiy Turkmanistonga safarining yakunida mamlakat milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi, deb yozdi "Qalampir".
Qayd qilinishicha, “Tolibon” Turkmaniston milliy rahbariga Afg‘onistondagi xavfsizlik, barqarorlik hamda sarmoya va tranzit uchun yangi imkoniyatlar haqida ma’lumot bergan. Muttaqiy Turkmaniston Vazirlar Kengashining neft va gaz masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bilan ham uchrashdi. Ikki tomon TAPI loyihasi va Afg‘onistonga gaz yetkazib berish masalalari bo‘yicha kelishuv imzolagan.
Afg‘oniston va Turkmaniston rasmiylari o‘rtasidagi muzokaralar ikki tomonlama soliqlarni olmaslik, savdo aloqalarini kengaytirish va ikki davlat o‘rtasidagi sarmoyani ko‘paytirishdan iborat. Ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmi o‘tgan yili 481 million dollarni tashkil qilgan.
Uchrashuvda Gurbanguli Berdimuhamedov kelasi hafta Ashxobodda bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston mulki ko‘rgazmasini muhim va tarixiy deb atagan va har ikki tomon ham undan optimal foydalanishi kerakligini ta’kidlagan. Turkmaniston milliy rahbari Afg‘oniston bilan savdoning turli sohalarida qulayliklar yaratishga va’da berdi.
Manba: www.aniq.uz