Rossiyaning yana bir viloyatida migrantlarga taksi xizmati va boshqa sohalarda ishlash taqiqlandi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Yoqutistonda muhojirlarga taksi xizmati va boshqa sohalarda ishlash taqiqlandi.
Yoqutistonda migrantlarga bir qator hududlarda ishga joylashish taqiqlandi, deb xabar bermoqda Rossiya OAVlari.
Yoqutiston rahbari Aisen Nikolayev 2024 yilda migrantlarga bir qator hududlarda ishlashni taqiqladi. Chet elliklar taksi xizmati va avtomobil transportida yuk tashish, ishlab chiqarish, qurilish, ulgurji va chakana savdo, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi, ko‘chmas mulk, mehmonxona va umumiy ovqatlanish korxonalarida ishlay olmaydi.
20 fevral kuni prezident Vladimir Putin «Yangi zamonlar uchun kuchli g‘oyalar» forumida Rossiya mehnat bozorida 2,5 millionga yaqin odam yetishmasligini aytib, mehnat muhojirlarini jalb qilishni yaxshilashga chaqirganini inobatga olsak, bu qarorga nima sabab bo‘lgani hozircha aniq emas.
2023 yil dekabr oyi oxirida Kreml muhojirlar mavzusi bo‘yicha ko‘rsatmalar ro‘yxatini tayyorlayotgani ma’lum bo‘ldi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, muhojirlar mavzusi haqiqatdan ham kun tartibida. Shu bilan birga, u prezidentning bu boradagi muvozanatli pozisiyasini esladi.
Bungacha Rossiyaning Tula, Chelyabinsk, Magadan, Kaluga va Tyumen viloyatlarida ham muhojirlarning ayrim sohalarda ishlashiga ma’lum cheklovlar kiritilgani xabar qilingan edi.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, cheklovlar rossiyaliklarni real daromad olish va oilalarini boqish imkonini beruvchi talabga ega bo‘lgan kasblar bo‘yicha yanada samarali ishga joylashish masalalari bilan bog‘liq.
Manba: www.aniq.uz