“Tolibon” tashqi ishlar vaziri Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
“Tolibon” tashqi ishlar vaziri Amir Xon Mutaqqiy Turkmanistonga safarining so‘nggi kunida ushbu mamlakat milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi. Bu haqda Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
“Tolibon” Turkmaniston milliy rahbariga Afg‘onistondagi xavfsizlik, barqarorlik hamda sarmoya va tranzit uchun yangi imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi. Mutaqqiy Turkmaniston Vazirlar Kengashining neft va gaz masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bilan ham uchrashdi. Ikki tomon TAPI loyihasi va Afg‘onistonga gaz yetkazib berish masalalarini muhokama qildi.
“Tolibon” Turkmaniston bilan savdo-sotiqni kengaytirmoqchi. Afg‘oniston va Turkmaniston rasmiylari o‘rtasidagi muzokaralar ikki tomonlama soliqlarni olmaslik, savdo aloqalarini kengaytirish va ikki davlat o‘rtasidagi sarmoyani ko‘paytirishdan iborat.
Manba: www.aniq.uz