Iordaniya g‘azoliklarga gumanitar yordamni havodan tashladi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
1 mart kuni Iordaniya harbiylari G‘azo shahrining ayrim qismlariga ketma-ket uch marta havodan yordam tashladi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Iordaniyaning uchta C-130 harbiy samolyoti tashqi dunyodan ajralib qolgan G‘azo shahrining tinch aholisiga oziq-ovqat yetkazib bergan. Ommaviy tartibsizlik ro‘y bermasligi uchun yuklar turli nuqtalarga tushirilgan.
Hozircha yagona Kerem Shalom o‘tkazish punkti isroilliklar tomonidan to‘sib qo‘yilgani sababli, gumanitar yordam berishni maqsad qilgan mamlakatlar harbiy samolyotlardan foydalanmoqda. Hududga ayni paytda quruqlikdan kirish imkoni yo‘q.
Manba: www.aniq.uz