Dubay yo‘llarida robot-polisiya paydo bo‘ladi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Tez orada Dubay yo‘llarida robot-polisiya paydo bo‘lishi mumkin. Yo‘l harakati xavfsizligi sohasiga jalb etilayotgan bunday noodatiy xodimning asosiy vazifasi velosiped va skuter haydovchilari tomonidan sodir etilgan qoida buzarlikni aniqlash. Robotlar 2024 yil mart oyi boshidan xizmat boshlashi kutilyapti.
Xorijiy OAV xabar berishicha, “Jumeirah-3” qumli sohilda sinov amaliyotining dastlabki bosqichi o‘tkaziladi. Dubay ma’muriyati polisiya faoliyatiga bunday innovasion yordam qay darajada samarali ko‘maklashini, kelajakda robot-polisiyachidan keng foydalanish imkoniyati ehtimolini o‘rganadi.
Robot velosiped va elektroskuter haydovchisining yo‘l harakati qoidasiga rioya qilishini nazorat qiladi. Robot sun’iy intellekt yordamida turli xil qoida buzarliklarni, masalan shaxsiy xavfsizlik qoidasiga rioya qilmaslik, ya’ni dubulg‘a kiymaslik, taqiqlangan joyda to‘xtash, skuterda bir vaqtning o‘zida bir necha odam bilan harakatlanish, mo‘ljallanmagan yo‘lakdan yurish kabi holatlarni aniqlaydi.
Qoidabuzarlik aniqlangach, moslama ma’lumotni tahlil qilish uchun polisiya mahkamasiga topshiradi. Qoidani buzgan fuqaroga 300 dirhamgacha jarima solinadi.
Ta’kidlanishicha, robot holat yuzasidan 85 foizdan ortiq aniqlik bilan xulosa chiqaradi, muayyan ma’lumotni 5 soniya ichida uzatadi. Radar qamrovi 2 kilometrgacha. Deyarli har qanday ob-havo sharoitida samarali ishlaydi. 1 yarim metr radiusda har qanday ob’ekt yoki odamni sezsa, butunlay to‘xtaydi. Ayni xususiyati bilan yo‘l harakati qatnashchilari xavfsizligini yuqori darajada ta’minlaydi.
Manba: www.aniq.uz