Bizning manzil Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani, Beruniy mahallasi.
Sirdaryo viloyati
Boyovut tumani, Beruniy MFY
Qo'ng'iroq uchun:
Bizning telefon raqamimiz + 99 894 588-56-56 + 99 894 588-56-56
yoqubov.uz

Yangiliklar (Xabarlar)

Yoqubov.Uz - Innovatsion xizmatlar markazi tomonidan taqdim etilayotgan eng so'ngi yangiliklardan xabardor bo'ling.

O'zbekiston yangiliklari
O'zbekiston yangiliklari
Jami 48-dan oshiq mahsulotlar joylangan.
Dunyo yangiliklari
Dunyo yangiliklari
Jami 1525-dan oshiq mahsulotlar joylangan.
Iqtisodiy yangiliklar
Iqtisodiy yangiliklar
Jami 574-dan oshiq yangilik joylangan.
Siyosiy yangiliklar
Siyosiy yangiliklar
Jami 162-dan oshiq yangilik joylangan.
Fan va IT yangiliklari
Fan va IT yangiliklari
Jami 69-dan oshiq yangilik joylangan.
Sport yangiliklari
Sport yangiliklari
Jami 432-dan oshiq yangilik joylangan.

Erdo‘g‘an: G‘azoda milliardlab insonlarning xalqaro tuzum, adolat va qonunga ishonchi ham yo‘q qilindi

Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Antaliya Diplomatik forumidagi nutqida Isroilning G‘azodagi xunrezliklari, urush jinoyatlari oqibatlari, Turkiyaning G‘azo va falastinliklarga ko‘rsatayotgan yordami va boshqalarga to‘xtalib o‘tdi. Turkiya prezidenti nutqidan asosiy iqtiboslar:

▪️Isroilning tinch aholi punktlarini nishonga olgan holda uyushtirilgan hujumlari natijasida aksariyati bolalar va ayollardan iborat 30 ming g‘azolik shahid bo‘ldi, 70 mingdan ortiq falastinlik tan jarohati oldi, 2 millionga yaqin odam o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘ldi.

▪️Shu yerda bir narsani aniq ta’kidlamoqchiman. G‘azoda nafaqat bolalar, ayollar va tinch aholi vahshiylarcha o‘ldirildi, balki milliardlab odamlarning xalqaro tuzumga, adolatga va qonunga bo‘lgan ishonchi ham yo‘q qilindi.

▪️Isroil haqida gap ketganda, Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi, vazifasi global tinchlikni ta’minlash bo‘lgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi, Yevropa Ittifoqining doimiy huquq va qonunlar haqida gapiradigan institutlari, xolislik haqida gapiradigan xalqaro ommaviy axborot vositalari, bir so‘z bilan aytganda, yillar davomida bizga o‘rnak sifatida ko‘rsatilgan va biz ishonishimiz va hurmat qilishimiz kerakligi aytilgan bunday tuzilmalarning naqadar chorasiz va ishga yaramasligini hammamiz birgalikda ko‘rdik.

▪️G‘azoda sodir bo‘layotgan voqealar, albatta, urush emas, genosid urinishidir. Chunki urushda ham amal qilish kerak bo‘lgan axloq, odob va qonun bor. Onasining bag‘ridagi go‘daklarni ochlik va tashnalikka mahkum etganlar haqida, shifoxonalar, cherkovlar, masjidlar, maktablar, universitetlar, qochqinlar lagerlari va tez yordam mashinalarini bombalaganlar, xuddi kechagidek oziq-ovqat yordami olish uchun navbatda turgan tinch aholini xiyonat va nomussizlik bilan nishonga olgan vahshiyliklar haqida gapiryapman.

▪️O‘z oilasi bilan xavfsiz joy qidirayotganda mashinasi Isroil harbiylari tomonidan hujum qilingan va butun oilasidan ayrilgan 6 yoshli Hind Rajabning fojiali hikoyasi aslida G‘azoda halok bo‘lgan 15 mingga yaqin begunoh bolaning hikoyasidir. Biz insoniyat sifatida 12 kun davomida "Meni olib ketishga kelasizmi, qo‘rqyapman" degan 6 yoshli qizchaning hayotini saqlab qola olmadik. Afsuski, biz Hind va boshqa g‘azolik bolalar oldidagi mas’uliyatimizni to‘liq bajara olmadik.
Manba: www.aniq.uz



yoqubov.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish