Toshkent viloyatida mayning sabab 1 mlrd so‘mlik svet o‘g‘irlagan shaxs ushlandi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Yoqilg‘i - energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Xususan, fuqaro N.I. Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahri “Yangi bog‘” mahallasidagi yashash xonadonida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga kripto - aktiv va mayning sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun mayning qurilmalarini tijorat maqsadlarida noqonuniy ulab, 1 mlrd. so‘mlik so‘mlik 226,5 ming kVt soat elektr energiyasini o‘g‘irlagani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro N.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi prosessual tartibda ushlangan.
Manba: www.aniq.uz
Manba: www.aniq.uz