AQSh G‘azo sektoriga gumanitar yordam yuboradi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
"Amerika Qo‘shma Shtatlari G‘azo sektoriga havo orqali insonparvarlik yordami va oziq-ovqat yetkazib berishni boshlashga tayyorlanmoqda", - deya prezident Jo Baydenning so‘zlaridan iqtibos keltiradi AFP.
"Hozirgacha boshqa davlatlar, xususan, Iordaniya va Fransiya G‘azo sektoriga havodan taahlashlash usuli orqali gumanitar yordamni yetkazishga ulgurgan", deya qayd etadi Reuters.
Baydenning so‘zlariga ko‘ra, Vashington mintaqa uchun xavfsiz gumanitar dengiz yo‘lagi yaratish imkoniyatini sinab ko‘rmoqchi. Shuningdek, u Isroil hukumati bilan muzokaralar chog‘ida Falastin hududiga ko‘proq gumanitar yordam kolonnalarini olib kirishga ruxsat berilishi bo‘yicha taklif bildirishga va’da berdi.
Bayden bu haqda yaqinda ro‘y bergan fojiadan so‘ng bayonot berdi. G‘azo sektoriga gumanitar yordam yetkazilishi chog‘ida kamida 112 falastinlik halok bo‘lgan va 750 dan ortiq kishi yaralangandi.
Manba: www.aniq.uz