Dnestrbo‘yidan keyin Gagauziya ham Rossiya Federasiyasidan yordam so‘radi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Moldova tarkibidagi Gagauziya muxtoriyati rahbarlari 1 mart kuni Moskvaga tashrif buyurib, Moldova va Rossiya o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri transport aloqalarini tiklash uchun yordam so‘rashdi. Muxtoriyat rahbari Evgeniya Gusul Gagauziya aholisining huquqlari Moldova markaziy hokimiyati tomonidan bosim ostida qolayotganidan shikoyat qildi va muxtoriyat Rossiya Federasiyasi bilan munosabatlarni yanada rivojlantirishni xohlashini bildirdi.
28 fevral kuni tan olinmagan Dnestrbo‘yi Respublikasi "deputatlar qurultoyi" ham Rossiyadan "Moldova bosimi ortib borayotgan bir sharoitda Dnestrbo‘yini himoya qilishni" so‘ragan edi.
Moldovalik siyosatshunos Aleksey Tulburening fikricha, Dnestrbo‘yi va Gagauziya rahbarlarining bayonotlari Moldovadagi prezidentlik saylovi arafasida "oldindan kelishib olingan" harakatlar natijasidir.
Manba: www.aniq.uz