Argentinada rasmiylar shaxsiy samolyotdan foydalanishi taqiqlanadi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Argentina hukumati mansabdor shaxslar va ularning oila a’zolari shaxsiy samolyotda parvoz qilishini taqiqlovchi qoida joriy etmoqda. Bu haqda mamlakat Prezidenti Xavyer Miley juma kuni parlament majlisi ochilishidagi nutqida aytga.
– Argentina rasmiylari endi xizmat safari chog‘i parvoz uchun hisoblanadigan bonusdan ham mahrum bo‘ladi, – dedi yetakchi. – Tez orada Fuqaro aviasiyasi milliy ma’muriyati siyosatchilar yoki ularning qarindoshlari, qat’iy rasmiy holatlar bundan mustasno, shaxsiy samolyotdan foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun yangi qoida joriy qiladi.
Mahalliy “Cadena-3” nashri ma’lum qilishicha, Argentina Prezidenti yana bir bor hukumat a’zolari va uning o‘zi muntazam ravishda tijorat reyslarida parvoz qilayotganini ta’kidlagan. Fevral oyida davlat rahbari prezident aeroparki samolyotidan foydalanib, faqat Korriyentes muzofotidagi libertar klub yubileyiga tashrif buyurgan.
2023 yil 10 dekabrda prezidentlik lavozimini egallagan Miley ilk ma’ruzasida mamlakatdagi vaziyatni o‘ta og‘ir deya baholab, iqtisodiyotda zarur choralar ko‘rilishini ta’kidlagan. Libertar siyosatchi davlatning iqtisodiyotga imkon darajasida kam aralashuvi, sohani dollarlashtirish, inflyasiyani jilovlash uchun Argentina Markaziy bankini bekor qilish va barcha davlat kompaniyalarini xususiylashtirish tarafdori.
Manba: www.aniq.uz