Shahzoda Garri Buyuk Britaniya Ichki ishlar vazirligini sudga berdi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Shahzoda Garri “Al-Qoida” tahdidi sababli shaxsiy xavfsizligini kuchaytirishni talab qilib, Buyuk Britaniya Ichki ishlar vazirligini sudga berdi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
Shahzoda Britaniyada unga boshqacha darajadagi himoya berilishi kerak, deb hisoblaydi. U o‘zining “Zaxira” nomli xotiralar kitobini nashr etgach, “Tolibon” rasmiy bayonot bilan chiqib, shahzodani “qo‘rqoq” deb atagan.
Garri o‘z xotiralarida Afg‘onistonda 25 nafar “Tolibon” jangchilarini o‘ldirganini aytgan. Shundan so‘ng “Al-Qoida” shahzoda Garrini o‘ldirish bilan tahdid qilgani ta’kidlanmoqda. Shahzoda 2012 va 2014 yillarda Britaniyaning Afg‘onistondagi harbiy missiyasi doirasida xizmat qilgan va harbiy faoliyatining aksariyat qismini Afg‘oniston janubida amalga oshirgan.
Garri Britaniyada unga hukumat tomonidan moliyalashtiriladigan himoyaning “bir xil darajada” berilmasligidan keyin Qirollik oilasini himoya qilish bo‘yicha Ijroiya qo‘mitasining qarori ustidan sudga murojaat qilgan.
Ammo dekabr oyida Londonda bo‘lib o‘tgan sud majlisida hukumat 39 yoshli Garrining da’vosini rad etgan. Bunga javoban Garrining matbuot kotibi apellyasiya berishini aytgan.
Shahzoda maqomining o‘zgarishi u “qirollik oilasining to‘liq kunlik ishlaydigan a’zosi” bo‘lishni to‘xtatganidan keyin sodir bo‘ldi.
Manba: www.aniq.uz