Vengriya parlamenti Shvesiyaning NATOga a’zo bo‘lish ratifikasiyasini imzoladi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Vengriya parlamenti spikeri Shandor Lejak Shvesiyaning NATOga kirishi haqidagi ratifikasiyani imzoladi va qonunni e’lon qilish uchun prezident devoniga yubordi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Qonunchilar 26 fevral kuni Shvesiyaning NATOga kirishini ma’qullab, uning uzoq yillar davom etgan tarixiy harakati oldidagi so‘nggi to‘siqni bartaraf etgan.
Vengriyadagi ovoz berish Shvesiyaning xavfsizlik siyosatini qayta ko‘rib chiqishda bir necha oy davom etgan kechikish bilan yakunlangan va Shvesiya bosh vaziri Ulf Kristerssonning tashrifi ortidan, ikki davlat qurol-yarog‘ bo‘yicha kelishuv imzolagan. Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban hukumati NATO ittifoqchilari tomonidan bosimga duch kelgan. Vengriya prezidentiga qonunni e’lon qilish uchun besh kun muddat berilgan.
Stokgolm Rossiyaning 2022 yilda Ukrainaga hujumi ortidan Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti doirasida xavfsizlikni kuchaytirish uchun qo‘shilmaslik siyosatidan voz kechgan edi.
Manba: www.aniq.uz