Chad Tashqi ishlar vaziri G‘arbni Saheldagi terrorizmga qarshi kurashda yordam berishga chaqirdi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
G‘arb Saheldagi terror tahdidini umumiy muammo sifatida qabul qilishi va mahalliy qo‘shinlarni kuchaytirish orqali yechim izlashi kerak.
Bu haqda Chad tashqi ishlar vaziri Mahamat Solih Annadif ma’lum qildi.
"Terrorizm tahdidi globaldir va u global javob choralarini talab qiladi. Saheldagi terrorizm Yevropa va Yaqin Sharqdagi terrorizm bilan bog‘liq. Bizning harbiylarimiz terrorizmga qarshi kurashishga o‘rganmagan, ular bu borada tayyorgarlikdan o‘tishi, bunga moslashishi kerak”, dedi u Antaliya diplomatik forumida Saheldagi xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan muhokama chog‘ida.
"Biz G‘arb hamkorlarimiz bu bizning umumiy tahdidimiz ekanligini tushunishlari va bu faqat Yaqin Sharq yoki Afrikadagi muammo deb o‘ylamasliklari kerak. Ular bizning harbiylarimizga terrorizmga qarshi kurashda yordam berishlari kerak", - dedi u.
Manba: www.aniq.uz