Bizning manzil Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani, Beruniy mahallasi.
Sirdaryo viloyati
Boyovut tumani, Beruniy MFY
Qo'ng'iroq uchun:
Bizning telefon raqamimiz + 99 894 588-56-56 + 99 894 588-56-56
yoqubov.uz

Yangiliklar (Xabarlar)

Yoqubov.Uz - Innovatsion xizmatlar markazi tomonidan taqdim etilayotgan eng so'ngi yangiliklardan xabardor bo'ling.

O'zbekiston yangiliklari
O'zbekiston yangiliklari
Jami 48-dan oshiq mahsulotlar joylangan.
Dunyo yangiliklari
Dunyo yangiliklari
Jami 1525-dan oshiq mahsulotlar joylangan.
Iqtisodiy yangiliklar
Iqtisodiy yangiliklar
Jami 574-dan oshiq yangilik joylangan.
Siyosiy yangiliklar
Siyosiy yangiliklar
Jami 162-dan oshiq yangilik joylangan.
Fan va IT yangiliklari
Fan va IT yangiliklari
Jami 69-dan oshiq yangilik joylangan.
Sport yangiliklari
Sport yangiliklari
Jami 432-dan oshiq yangilik joylangan.

Shahboz Sharif Pokistonning yangi Bosh vaziri etib saylandi

Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Pokiston musulmon ligasi partiyasi raisi Shahboz Sharif Pokistonning yangi Bosh vaziri etib saylandi. Milliy majlisda (parlamentning quyi palatasi) o‘tkazilgan ovoz berish jarayoni PTV News telekanalida translyasiya qilindi. Yangi hukumat rahbarining qasamyodi 4 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Sharif uchun parlament quyi palatasi yangi chaqirig‘idagi 336 nafar deputatdan 201 nafari ovoz bergan. Uning hukumat rahbarligi uchun kurashdagi raqibi, «Adolat uchun harakat» partiyasi bosh kotibi, Milliy majlisning yangi chaqirig‘iga mustaqil nomzod sifatida kirgan Umar Ayub Xon 92 ta ovoz oldi.

Milliy majlis yig‘ilishi Pokiston musulmon ligasi partiyasi vakili bo‘lgan Sardor Ayoz Sodiq spikerligida o‘tkazildi, yig‘ilish «Sunniylar yagona kengashi» (Sunni Ittehad Council, SIC) deputatlari uyushtirgan norozilik aksiyasi tufayli bir soat kech boshlandi.

Sharif Pokiston hukumatiga 2022 yil aprelida 2023 yil avgustiga qadar rahbarlik qilgandi. Undan avvalgi Bosh vazir, o‘sha vaqtda «Adolat uchun harakat» partiyasi rahbari bo‘lgan Imron Xon ishonchsizlik votumi bildirilishi natijasida lavozimdan ketkazilgandi.




Manba: www.aniq.uz



yoqubov.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish