Germaniyada ommaviy qabriston topildi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Nemis arxeologlari Nyurnbergda Germaniyadagi eng katta vabo qabristonini topdilar, u yerda taxminan 1500 nafar odam dafn etilgan. Bu haqda DW xabar berdi.
Mazkur hudud Avstriyaning Sankt-Polten shahridagi vabo qabristonidan keyin Yevropadagi ikkinchi yirik vabo qabristoni bo‘lishi mumkin. Nyurnbergda 1632-1633 yillardagi vabo paytida 15 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan. Olimlarning taxminiga ko‘ra, bu yerda epidemiyaning bir yarim ming nafargacha qurbonlarning qoldiqlari mavjud. Qariyalar uyi qurilishi rejalashtirilgan ushbu hududni tayyorlash vaqtida dafn izlari topilgan edi.
Arxeologlar qabristonning epidemiya davrida bir necha qatlamlarda dafn etilgan sakkiz qismining uchinchisini o‘rganmoqda. Dafn etilganlarning kiyim parchalari topilgan. Ayrim skeletlar Ikkinchi jahon urushi paytida tushgan bomba natijasida zarar ko‘rgan.
Epidemiyalar paytida ommaviy dafn etish odatda shahar tashqarisida amalga oshirilgan. Ularning joylashuvi haqida ma’lumotlar deyarli yo‘q. “Qora o‘lim” epidemiyasi paytida Nyurnbergda maxsus qabristondan foydalanilgan. Olimlarga ko‘ra, 19-asrda vabodan vafot etgan Nyurnberg aholisi mazkur hududda dafn etilgan.
Manba: www.aniq.uz