Qozog‘istonda surrogat onalik qancha turadi?
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Qozog‘istondagi klinikalarda sun’iy urug‘lantirish dasturlari narxlari Yevropa mamlakatlariga qaraganda ancha past va mamlakat qonunchiligi bola tug‘ish uchun surrogat ona xizmatini tanlagan turmush qurgan juftliklarga nisbatan talablar qo‘yadi, deb yozadi “Zakon.kz”.
Bu yerda surrogatlik qat’iy tartibga solingan va o‘z figurasini buzishdan qo‘rqqan ayollar uchun bu xizmat amalga oshirilmaydi. Qonunga ko‘ra, surrogat onaning xizmatlaridan faqat quyidagi shartlarga javob beradigan er-xotinlar foydalanishi mumkin: nikohi rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan, bepusht, fiziologik jihatdan bolani ko‘tarishga va tug‘ishga qodir bo‘lmagan ayollar.
Taxminlarga ko‘ra, qozoq ayollari 4,5 ming AQSh dollaridan 20 ming AQSh dollarigacha bo‘lgan narx oralig‘ida bunday xizmatni taqdim etishga tayyor.
Surrogat onani topishning ikkinchi varianti - reproduktiv tibbiyot klinikalari. Tasdiqlangan surrogat onalar ma’lumotlar bazasida ayollar 6,6 ming AQSh dollaridan 16 ming AQSh dollarigacha ushbu xizmatni taqdim etishi yozilgan.
Manba: www.aniq.uz