O‘zbekiston delegasiyasi Dubayda o‘tkazilgan xalqaro oziq-ovqat ko‘rgazmasida ishtirok etdi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Mamlakatimiz elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligidagi delegasiyasining Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘tkazilgan "Gulfood" xalqaro oziq-ovqat ko‘rgazmasida ishtiroki tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Delegasiya a’zolari ko‘rgazma doirasida bo‘lib o‘tgan "Texnologik innovasiyalar va hamkorlik orqali oziq-ovqat xavfsizligini rivojlantirish" mavzusidagi davra suhbatiga qatnashdi.
Anjumanda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi salohiyati, mavjud imkoniyatlar, sohada olib borilayotgan islohotlar, ushbu jabhada bilim va innovasiyalarni joriy etish to‘g‘risida batafsil taqdimot o‘tkazildi.
Safar davomida vazir Ibrohim Abdurahmonov BAA iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit vaziri Amna Al Dahak bilan uchrashdi.
Muloqotda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, ikki mamlakat qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida bilim va innovasiyalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, o‘zaro savdo aylanmasini yanada oshirish, o‘simliklar karantini va fitosanitariyasi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Tomonlar Sho‘rlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazining (ICBA) «Qoraqalpog‘istonning degradasiyaga uchragan hududlarida barqaror qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish tizimlarini rivojlantirish» grant loyihasini kengaytirishga kelishib oldilar.
Manba: www.aniq.uz