Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi Rossiya Mudofaa vazirligi serverlariga buzib kirganini e’lon qildi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi(GUR) Rossiya Mudofaa vazirligi serverlariga buzib kirganini e’lon qildi.
"Kiyev DDoS xakerlik hujumidan foydalanib, Rossiya Mudofaa vazirligi serverlariga kirish huquqiga ega bo‘ldi. Buning natijasida Ukraina razvedkasi vazirlikning bir qator maxfiy rasmiy hujjatlariga ega bo‘ldi. Gap vazirlik tarkibiy bo‘linmalarining 2000 dan ortiq buyruq, hisobot va boshqa turdagi hujjatlar haqida bormoqda. Olingan hujjatlar bizga Rossiya Mudofaa vazirligi tuzilmasi haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish imkon beradi", — deyiladi Ukraina maxsus xizmati xabarida.
GUR ma’lumotlariga ko‘ra, uning ixtiyorida boshqa ma’lumotlar qatori Rossiya Mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Vadimovich Ivanovning rasmiy hujjatlari bor bo‘lgan va bu kiberhujum muvaffaqiyatli bo‘lishida muhim rol o‘ynagan.
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi bayonotiga izoh bermadi.
Manba: www.aniq.uz
Manba: www.aniq.uz