AQSh sun’iy intellekt bilan boshqariladigan mingta qiruvchi samolyotni safga kiritadi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
“Havo kuchlariga kamida mingta hozir ishlab chiqilayotgan kichik qiruvchi, jumladan keyingi besh yil ichida yuzlab shunday qurilmalar kerak”, deb yozgan gazeta. Qayd etilishicha, ushbu aslahalar F-35 qiruvchi yoki B-21 bombardimonchi samolyot kabi odam boshqaradigan uchoqlarni hamroh bo‘lib himoya qilishga mo‘ljallangan. Shuningdek, dushman samolyotlari va yerdagi nishonlariga hujum qilish uchun qurol olib yurish hamda razvedka samolyoti va “aloqa markazi” sifatida ham faoliyat yuritishga qodir.
Ta’kidlanganidek, “erdan boshqaradigan texnologiya samolyotlarga mustaqil parvoz qilish va jangovar sharoitga moslashish imkonini beruvchi dasturiy ta’minot bilan almashtirilmoqda”.
Uchuvchisiz qiruvchi samolyotlar dasturining byudjeti 6 milliard dollarni tashkil etadi. Ayni maqsadda “Boeing”, “Lockheed Martin”, “Northrop Grumman”, “General Atomics” va “Anduril Industries” kompaniyalari o‘z ishlanmalarini taqdim etadi. Rejaga ko‘ra, yozgacha Pentagon shartnoma tuzish uchun ushbu kompaniyalardan ikkitasini tanlaydi.
Qo‘shimcha qilinishicha, Qo‘shma Shtatlarda uchuvchisiz qiruvchi samolyotlar rivojlanishiga mavjud samolyotlar narxi keskin oshishi, shuningdek samolyotlar uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqishdagi muvaffaqiyat turtki bermoqda. AQSh Harbiy havo kuchlari samolyotlari hozir ancha eskirgan.
Manba: www.aniq.uz