Janubiy Koreyada yetti ming stajyor shifokorning lisenziyalari to‘xtatiladi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Koreya Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ishga qaytishdan bosh tortgan 7 mingga yaqin stajyor shifokorlarning lisenziyalarini to‘xtatish choralari boshlanganini ma’lum qildi, deb xabar beradi Kazinform agentligi Yonhapga tayanib.
Ketma-ket 14-kun davomida 9000 ga yaqin stajyor shifokorlar tibbiyot oliygohlaridagi o‘rinlar sonini 2000 taga ko‘paytirish rejasiga qarshi norozilik bildirgan holda ish joylarida yo‘q bo‘lishdi.
Hukumatning ta’kidlashicha, tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalari ko‘paytirilishi, ayniqsa, qishloq joylarida va yuqori xavfli jarrohlik, pediatriya, akusherlik va shoshilinch tibbiy yordam kabi muhim tibbiyot sohalarida shifokorlar yetishmasligi sababli zarur.
Biroq shifokorlar hukumat bu borada mazmunli muhokamalar o‘tkazmaganini va bunday harakat tibbiy ta’lim va xizmatlar sifatini xavf ostiga qo‘yishini ta’kidlamoqda.
Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Pak Min Su hukumat ishini tark etgan stajyor shifokorlarning tibbiy lisenziyalarini to‘xtatish choralarini ko‘rishini aytdi.
Hukumat norozilik bildirgan shifokorlarga o‘tgan payshanba kuniga qadar ishga qaytishlari uchun muhlat berib, buyruqni bajarmaslik jazo choralariga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Manba: www.aniq.uz