Bizning manzil Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani, Beruniy mahallasi.
Sirdaryo viloyati
Boyovut tumani, Beruniy MFY
Qo'ng'iroq uchun:
Bizning telefon raqamimiz + 99 894 588-56-56 + 99 894 588-56-56
yoqubov.uz

Yangiliklar (Xabarlar)

Yoqubov.Uz - Innovatsion xizmatlar markazi tomonidan taqdim etilayotgan eng so'ngi yangiliklardan xabardor bo'ling.

O'zbekiston yangiliklari
O'zbekiston yangiliklari
Jami 48-dan oshiq mahsulotlar joylangan.
Dunyo yangiliklari
Dunyo yangiliklari
Jami 1525-dan oshiq mahsulotlar joylangan.
Iqtisodiy yangiliklar
Iqtisodiy yangiliklar
Jami 574-dan oshiq yangilik joylangan.
Siyosiy yangiliklar
Siyosiy yangiliklar
Jami 162-dan oshiq yangilik joylangan.
Fan va IT yangiliklari
Fan va IT yangiliklari
Jami 69-dan oshiq yangilik joylangan.
Sport yangiliklari
Sport yangiliklari
Jami 432-dan oshiq yangilik joylangan.

Jeff Bezos dunyoning eng boy odamlari reytingida Ilon Maskdan o‘zib ketdi

Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Amazon kompaniyasi asoschisi Jeff Bezos Bloomberg talqini bo‘yicha dunyoning eng boy odamalri reytingida yetakchilik qildi, deb yozadi “RBK”. U sakkiz oy mobaynida ro‘yxatda birinchi o‘rinni egallab kelgan Tesla, SpaceX va X ijtimoiy tarmog‘i egasi Ilon Maskdan o‘zib ketdi.

Bunga Tesla aksiyalari qiymati 7 foizdan ko‘proq pasayib ketgani sabab bo‘ldi. Bezosning davlati 200 milliard dollar, Maskniki esa 198 milliard dollarga baholanmoqda. Bloomberg oktyabrda Amazon asoschisi kapitali qiymatini 156 milliard dollarga baholagandi.

Reytingning uchinchi pog‘onasida LVMH guruhi egasi Bernar Arno joylashdi, uning boyligi 197 milliard dollarga teng. To‘rtinchi o‘rinda — 179 milliard dollar bilan Meta rahbari Mark Sukerberg bormoqda. Microsoft asoschisi Bill Geyts esa beshinchi o‘rinni egalladi, uning kapitali 150 milliard dollarga baholandi.

Dunyoning eng boy odamlari o‘nligiga, shuningdek, Microsoft sobiq bosh ijrochi direktori Stiv Balmer (143 milliard dollar), Berkshire Hathaway asoschisi Uorren Baffet (133 milliard dollar), Oracle asoschilaridan biri Larri Ellison (129 milliard dollar) hamda Google asoschilari Larri Peyj (122 milliard dollar) va Sergey Brin (116 milliard dollar) ham kirdi.

Jeff Bezos sayyoraning eng badavlat odami nomini 2017—2020 yillarda saqlab kelgan. 2021 yil yanvarida Mask birinchi marta eng boy odamlar ro‘yxatida yetakchilik qilgan. Shundan keyin Bezos o‘sha yil fevralida ikki martagina yetakchilikni qaytarib olishga muvaffaq bo‘lgan.


Manba: www.aniq.uz



yoqubov.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish