Bizning manzil Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani, Beruniy mahallasi.
Sirdaryo viloyati
Boyovut tumani, Beruniy MFY
Qo'ng'iroq uchun:
Bizning telefon raqamimiz + 99 894 588-56-56 + 99 894 588-56-56
yoqubov.uz

Yangiliklar (Xabarlar)

Yoqubov.Uz - Innovatsion xizmatlar markazi tomonidan taqdim etilayotgan eng so'ngi yangiliklardan xabardor bo'ling.

O'zbekiston yangiliklari
O'zbekiston yangiliklari
Jami 48-dan oshiq mahsulotlar joylangan.
Dunyo yangiliklari
Dunyo yangiliklari
Jami 1525-dan oshiq mahsulotlar joylangan.
Iqtisodiy yangiliklar
Iqtisodiy yangiliklar
Jami 574-dan oshiq yangilik joylangan.
Siyosiy yangiliklar
Siyosiy yangiliklar
Jami 162-dan oshiq yangilik joylangan.
Fan va IT yangiliklari
Fan va IT yangiliklari
Jami 69-dan oshiq yangilik joylangan.
Sport yangiliklari
Sport yangiliklari
Jami 432-dan oshiq yangilik joylangan.

Moskvada Markaziy Osiyodan kelgan mehnat muhojirining o‘rtacha oylik maoshi qancha?

Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Moskvada Markaziy Osiyodan kelgan mehnat muhojirining o‘rtacha oylik maoshi 54,5 ming rublni tashkil etadi. Bu, taxminan, 597 dollar yoki 7,5 million so‘mga (5 mart kungi kurs bo‘yicha) teng. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

O‘rtacha oylik maoshni aniqlash uchun Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston ishchilari o‘rtasida so‘rov o‘tkazildi. Unda 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan 900 nafar muhojir ishtirok etdi. Migrantlarning yarmidan ko‘pi maoshini konvertda oladi, yarmidan sal kamrog‘i esa to‘rt kishi bo‘lib ijaraga olingan xonada yashaydi va deyarli to‘rtdan biri hech qanday tibbiy yordam olmaydi.

Migrantlarning 54,4 foizi ish haqini naqd pulda, ko‘pincha rasmiy ro‘yxatdan o‘tmasdan, 30 foizga yaqini esa bank kartalari orqali olishi aniqlangan. O‘rtacha daromad oyiga 54,5 ming rublni tashkil qiladi.

O‘zbekistonliklar qurilishda (25 foiz), tojikistonliklar esa kimyoviy tozalash, sartaroshlik va boshqa xizmatlarda (31,8 foiz) ishlaydi. Savdo sohasida O‘zbekiston fuqarolarining atigi 5 foizi, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolarining 12 foizi mehnat qiladi.

Xorijiy ishchilarning 44 foizi birga ijarada yashaydi, odatda bitta xonada to‘rt kishi, ulardan faqat 4,3 foizi o‘z xonasiga ega. Respondentlarning yarmi yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish uchun norasmiy ravishda to‘lashini tan oldi.

Muhojirlarning atigi 3,7 foizi pulli tibbiy sug‘urtaga ega, yarmiga yaqini esa faqat favqulodda holatlarda, deyarli chorak qismi esa umuman tibbiy yordamga murojaat qilmaydi.
Manba: www.aniq.uz



yoqubov.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish