Xitoy mudofaaga sarmoya kiritadi: budjet 7 foizga oshadi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Xitoy 2024 yilda harbiy xarajatlarga o‘tgan yilga nisbatan 7,2 foizga ko‘p mablag‘ sarflaydi, deb yozadi «Interfaks» Butunxitoy xalq vakillari kengashi sessiyasida e’lon qilingan budjet loyihasiga tayanib.
«Milliy mudofaa xarajatlari 1,665 trillion yuanni (taxminan 231 milliard dollar) tashkil etadi, bu 7,2 foizga o‘sadi», — deyiladi hujjatda.
Xitoyning mudofaa xarajatlarida xuddi shunday o‘sish 2023 yilda qayd etilgan bo‘lib, u 220 milliard dollarni tashkil qilgan.
Manba: www.aniq.uz