Vengriya Ukrainaga NATO kuchlarini yuborishga qarshi chiqdi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
NATO qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish alyansning mojaroga aralashmaslik haqidagi qarorini buzadi; Budapesht bunga qarshi, dedi Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto.
“Bizning umumiy qarorimiz Ukrainaga quruqlikdagi qo‘shinlarni yuborishga ruxsat bermaydi. Chunki bu bizning umumiy NATO qarorimizni buzish bo‘lardi. Biz buni hech qachon qabul qilmaymiz”, — dedi Siyyarto RIA Novostiga.
Uning qayd etishicha, Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning bayonotidan so‘ng deyarli hamma, jumladan, alyans bosh kotibi ham Ukrainaga hech kim qo‘shin jo‘natish rejasi yo‘qligini ochiq aytishgan.
"Agar NATO qo‘shinlari Ukrainada paydo bo‘lsa, biz istamagan narsaga, ya’ni uchinchi jahon urushiga juda yaqinlashamiz, umid qilamanki, undan qochishimiz mumkin", - deya qo‘shimcha qildi diplomat.
Manba: www.aniq.uz