Armaniston Rossiya chegarachilarining Yerevan Zvartnots aeroportida xizmatini to‘xtatishga qaror qildi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Armaniston hukumati mamlakat poytaxti Yerevandagi Zvartnos xalqaro aeroportida rossiyalik chegarachilar xizmatini to‘xtatishga qaror qildi.
Armeniya rasmiy axborot agentligi Armenpress xabariga ko‘ra, Armaniston Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Armen Grigoryan Milliy majlisda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishdan so‘ng matbuotga bayonot berdi.
Grigoryan Armaniston ma’muriyati ushbu aeroportdagi barcha xizmatlar faqat arman rasmiylari tomonidan amalga oshirilishiga qaror qilganini ma’lum qildi: “Armaniston bu masalada aniq pozisiyaga ega va bu aniq pozisiyani Rossiya Federasiyasiga rasmiy maktub orqali ma’lum qildi. Armanistonning pozisiyasi shundan iboratki, Zvartnos xalqaro aeroportida xizmatlar Armaniston chegara qo‘shinlari tomonidan amalga oshirilishi kerak.
27 fevral kuni Armaniston Milliy assambleyasi spikeri Alen Simonyan Zvartnos aeroportidan rossiyalik chegarachilarni olib chiqishni to‘g‘ri deb bilishini aytdi. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov, o‘z navbatida, Armaniston hukumatining bu boradagi qarori haqida hali ma’lumot olmaganini aytdi.
Manba: www.aniq.uz