Putin chet elda odamlar qurt va kapalaklar bilan oziqlana boshlashini aytdi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Stavropol o‘lkasiga kelib, “Solnechniy udar” issiqxona majmuasiga tashrif buyurdi, deb yozadi “Kommersant’”. Shundan keyin u videoaloqa orqali Belgorod viloyatidagi yog‘li o‘simliklarni chuqur qayta ishlash zavodini ochib berdi. Nutq so‘zlash chog‘ida Rossiya prezidenti chet elda kapalak va qurtlar “kelajak ovqati” sifatida ko‘rilayotganini ma’lum qildi.
“Ko‘ryapmanki, orqa tomoningizda “Kelajak ovqati” degan tablo turibdi, — deya e’tibor qaratdi Putin. “Xorijdagi qaysidir sheriklarimiz kelajak ovqati haqida gapirayotganda hadeb qandaydir kapalaklar, qurtlarni ko‘rsatadi. Sizda esa bu qandolat va non mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasidagi ishlarga olib bormoqda”, — deya qo‘shib qo‘ydi u.
Manba: www.aniq.uz