“Titanik”da Rouz jon saqlagan eshik kimoshdi savdosiga qo‘yildi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Mashhur “Titanik” filmi suratga olinayotganda Rouz va Jekning xayrlashuv sahnasida rekvizit vazifasini bajargan eshik auksionga qo‘yildi. Bu haqda Daily Mail nashri ma’lum qildi.
Bildirilishicha, eksponatning boshlang‘ich narxi 40 ming dollar deb belgilangan. Kimoshdi savdosi 20-24 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Eshikning uzunligi 243 sm, eni 104 sm.
Ma’lumot uchun, “Titanik” filmi keng jamoatchilikka taqdim etilganida, muxlislar kinoning yakuni haqida bir necha bor bahslashib, ikkala personaj ham birgalikda o‘sha bahaybat eshik ustida jon saqlaganida, Jek ham omon qolishi mumkinligini bildirgan. Ammo film rejissyori Jeyms Kemeronning kuzatishlariga ko‘ra, eshik Jek va Rouzning og‘irligini ko‘tarolmaydi va oxir-oqibat ulardan biri cho‘kib ketishi kerak bo‘lgan. Shu bois Jek suv tubiga g‘arq bo‘ladi, chunki hikoya fojia bilan yakunlanishi avvaldan rejalashtirilgan.
Shuningdek, kimoshdi savdosiga kema ruli va Keyt Uinslet kiygan suzish kiyimi ham qo‘yiladi.
Manba: www.aniq.uz