Erdo‘g‘an yigirma yildan ortiq siyosiy faoliyatiga chek qo‘yishni rejalashtirayotganini e’lon qildi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mart oyida bo‘lib o‘tadigan mahalliy saylovlar uning uchun so‘nggisi bo‘lishini va bu uning yigirma yildan ortiq siyosiy faoliyatiga chek qo‘yishni rejalashtirayotganini e’lon qildi
2003 yildan beri hokimiyatda bo‘lgan Erdo‘g‘on birinchi marta lavozimini tark etishi haqida gapirdi. U 2023 yil may oyida besh yillik muddatga prezidentlikka qayta saylangan.
"Men uchun bu final. Qonun tomonidan menga berilgan mandatga ko‘ra, bu mening oxirgi saylovlarim bo‘ldi. Natijada vakolat va vazifadar mendan keyin keladigan birodarlarimga o‘tkaziladi", — deya ma’lum qildi prezident TUGVA yosh turklar jamg‘armasi yig‘ilishidagi nutqida.
Qayd etish joizki, munisipal saylovlar doirasida mamlakatdagi munisipalitetlar rahbarlari uchun ovoz berish bo‘lib o‘tadi. Ular hukmron partiya uchun juda muhim, chunki hozir eng yirik shaharlar – Istanbul va Anqarada hokimiyat tepasida muxolif partiya vakillari turibdi.
Manba: www.aniq.uz