Osmondan tushgan gumanitar yordam G‘azo sektorida 5 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
AQSh va Iordaniya falastinliklarning o‘limiga sabab bo‘lgan insonparvarlik yordami bilan bog‘liq hodisaga aloqadorligini inkor etmoqda, deb xabar beradi Kazinform agentligi DW nashriga tayanib.
G‘azo sektoriga 8 mart, juma kuni insonparvarlik yordamining havodan tushishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, yana 11 kishi jarohatlandi. Bu haqda Amerikaning CBS News telekanali mahalliy XAMAS nazoratidagi Sog‘liqni saqlash vazirligi va voqea guvohiga tayanib xabar berdi.
AQSh va Iordaniya halokat uchun javobgarlikni rad etadi
8 mart, juma kuni AQSH, Iordaniya, Misr, Fransiya, Niderlandiya va Belgiya G‘azo sektori ustidan gumanitar yordamni tashlab yubordi. Amerikalik mudofaa vazirligi rasmiysi CBS telekanaliga bergan intervyusida aytishicha, dastlabki tahlillar bo‘yicha, Amerika samolyoti yerdagi o‘limlar uchun javobgar emas, biroq tergov davom etishi kerak. Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiylar insonparvarlik yuklari bo‘lgan barcha qutilar odatdagidek qo‘nganligi haqidagi tasdiqnoma olgan.
Iordaniya rasmiylari ham voqeaga aloqasi yo‘qligini aytmoqda. Mamlakat davlat axborot agentligining xabar berishicha, ishtirok etgan samolyotlarning birortasida ham texnik nosozlik yo‘q.
Bayden G‘azo sektorida gumanitar port qurilishini e’lon qildi
Manba: www.aniq.uz