Rossiya Ukrainaga tegishli MiG-29 qiruvchi samolyoti va 197 ta UAVni yo‘q qildi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Rossiya Mudofaa vazirligi 9-mart kuni e’lon qilgan hisobotda mamlakat havo hujumidan mudofaa tizimlari o‘tgan 24 soat ichida Ukrainaning 1 ta MiG-29 qiruvchi samolyoti, shuningdek, 197 ta dron, “Hammer” boshqariladigan raketasi va uchta HIMARS raketasini urib tushirganini ma’lum qildi.
“Report” Rossiya ommaviy axborot vositalariga tayanib, bundan tashqari xabarda aytilishicha, Ukraina Qurolli kuchlari AQShda ishlab chiqarilgan Strayker” bronetransportyori, ikkita M777 artilleriya tizimi va Fransiyaning “Sezar” o‘ziyurar to‘pini yo‘qotgan.
"Ukraina Qurolli kuchlarining yo‘qotishlari 140 dan ortiq harbiy xizmatchilarni tashkil etdi", - deya ma’lum qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.
Manba: www.aniq.uz