Rim papasi Fransisk dunyodagi o‘zaro urushayotgan tomonlarni muzokaralar orqali tinchlikka erishishga chaqirdi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
"Muzokara so‘zi jasoratni bildiruvchi so‘zdir. Muvaffaqiyatsizlikka uchraganingizda, ishlar yaxshi ketmayotganini ko‘rsangiz, muzokaralar olib borish uchun jasoratga ega bo‘lishingiz kerak. Vaziyatga qaragan, xalqni o‘ylaydigan, oq bayroq ko‘tarishga jur’ati yetib, muzokaralar olib boradiganlarni eng kuchli inson deb hisoblayman", — deya fikr bildirdi pontifik RSI telekanaliga bergan intervyusida.
"Rim papasining bu so‘zlarini qaysidir tomonni taslim bo‘lishga emas, mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilishga chaqiriq sifatida tushunish kerak", — deya Vatikan matbuot xizmati rahbari Matteo Bruni Rim papasi Fransiskning bayonotini izohladi.
Manba: www.aniq.uz