Fransiya Moldova bilan mudofaa shartnomasini imzoladi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Bu haqda Financial Times yozmoqda.
Shartnoma Fransiya harbiy vakilining Moldovaga joylashtirilishini, shuningdek, qurollarni tayyorlash va yetkazib berish bo‘yicha hamkorlikni o‘z ichiga oladi. Parij, shuningdek, Moldova energetika, tabiiy resurslar va temir yo‘l transporti loyihalariga sarmoya kiritishga va’da berdi. "Fransiya Moldovaning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi", — deya ta’kidladi Makron.
Avvalroq, Kishinyov hukumati bilan kelishmovchiliklar fonida Moldova tarkibidagi Gagauziya muxtoriyat va tan olinmagan Dnestrbo‘yi Respublikasi yordam so‘rab Rossiyaga murojaat qilgani xabar qilingan edi. Vladimir Putin esa Sochida Moldova Gagauz muxtoriyati rahbari (boshkan) Yevgeniya Gusul bilan uchrashib, gagauziya va gagauz xalqini xalqaro maydonda qonuniy huquqlari, vakolatlari va pozisiyalarini himoya qilishda qo‘llab-quvvatlashga va’da bergandi.
Manba: www.aniq.uz