Tanzaniyada toshbaqa go‘shtini iste’mol qilgan 8 kishi halok bo‘ldi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Tanzaniyaning Zanzibar viloyatidagi Pemba orolida dengiz toshbaqasi go‘shtini iste’mol qilgan 8 nafar bola halok bo‘ldi, 78 nafar katta yoshli kishi zaharlandi. Bu haqda Sinxua agentligi yozdi.
Mahalliy sog‘liqni saqlash boshqarmasi xodimi Xaji Bakari Xajining so‘zlariga ko‘ra, tibbiy laboratoriya natijalariga ko‘ra, zaharlanganlar seshanba kuni toshbaqa go‘shti iste’mol qilgani ma’lum bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, bir yil avval, 2023 yilning mart oyida Tanzaniyaning Mafiya orolida dengiz toshbaqasi go‘shtini iste’mol qilgan 7 kishi halok bo‘lgan, yana 8 kishi zaharlangan edi.
Manba: www.aniq.uz