Pokistonlik talaba WhatsAppdagi xabari uchun o‘limga hukm qilindi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Pokiston sudi 22 yoshli talabani WhatsApp xabarlari orqali kufr keltirganlikda ayblab, o‘limga hukm qildi, deb xabar beradi BBC.
Panjob provinsiyasi sudi ma’lumotlariga ko‘ra, ayblanuvchi fotosurat va videolarni musulmonlarning diniy e’tiqodiga zarar yetkazish maqsadida tarqatgan.
Bu ish bo‘yicha 17 yoshli yana bir o‘smir umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Ayblanuvchi ikki fuqaro ham o‘z aybiga iqror bo‘lmagan.
Pokistonda kufr o‘lim bilan jazolanadi. Ayrim gumonlanuvchilar ishi sudgacha yetib borguncha jazolangan.
Shikoyat 2022 yilda Pokiston Federal Tergov Agentligining (FIA) Kiberjinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi tomonidan Panjob provinsiyasining poytaxti Lahor shahrida berilgan.
Sud qaroriga ko‘ra, 22 yoshli yigit Muhammad payg‘ambar va uning rafiqlarini haqorat qiluvchi surat va video olgani uchun o‘lim jazosiga hukm qilingan.
Manba: www.aniq.uz