Ukrainani tiklash 1 trillion dollarga tushadi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Frontdagi vaziyat Ukrainadagi urush qachon va qanday yakunlanishi haqida tasavvur hosil qilish imkonini bermaydi, ammo tobora ko‘proq kompaniyalar mamlakatdagi sarmoyaviy ishtirokini asta-sekin oshirib, tiklash jarayonini boshlashga tayyorlanmoqda. Bu haqda Bloomberg yozdi.
Qayd qilinishicha, Yevropa investisiya banki Ukrainani tiklash uchun davlat va xususiy kapitalning 1 trillion dollardan ko‘proq mablag‘i sarflanishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Inflyasiyani hisobga olgan holda, bu Germaniyaning II Jahon urushidagi mag‘lubiyatidan keyin Yevropani tiklashga qaratilgan va AQSh tomonidan moliyalashtirilgan Marshall rejasidan besh baravar ko‘proqdir.
Nashr yozganidek, kelajakda tiklanish qanday sodir bo‘lishi haqida tasavvurga ega bo‘lgan taxminiy reja allaqachon mavjud.
Ta’kidlanishicha, turk kompaniyalari ko‘priklar va yo‘llarni qayta qurmoqda, elektr generatorlari va ko‘chma shifoxonalar yetkazib bermoqda. Shuningdek, Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi bilan hamkorlikda Onur Ukrainada mobil shifoxonalar qurmoqda.
Germaniya va Avstriya kompaniyalari infratuzilma va mudofaa sohalarida korxonalar qurishni rejalashtirmoqda.
Manba: www.aniq.uz